"TECHWOMEN" dasturi orqali safarimizda har bir ishtirokchi Silikon vodiysidagi kompaniyalardan biriga biriktirib qo'yiladi. Datur davomida mentorlar yordamida kompaniyaning har xil lavozimdagi injiner va management yo'nalishidagi xodimlar bilan uchrashuvlar tashkillashtirildi.
Meni "BigCommerce" (Shopify ga o'xshagan E-commerce platformalar yaratib beradigan kompaniya) ga biriktirishdi.
Uchrashuvlar davomida oddiy injinerdan to "Vice President of Engineering" lavozimidagi insonlar bilan suhbatlashish imkoni bo'ldi.
Kecha esa kompaniyaning CEO si Brent Bellm va CFO Robert Alvarez bilan suhbat o'tqazdik.
Sizlar bilan suhbat davomida olgan bazi insightlarimni ulashmoqchiman.
Post #182
519
- 🔥 6
- 👍 4