Eksperiment sharoitida Ash nazarda tutgan “jiddiy sinovlar” o’n sakkizta turlicha sinov bo’lib, konfederatlar bularning o’n ikkitasida notog’ri javobni berishgan. Ushbu jiddiy sinovlardan ko’zda tutilgan maqsad ishtirokchilar guruhdagi boshqalarning javoblariga tayanib, atrofdagilar fikriga qo’shilish maqsadida o’z javoblarini o’zgartirishi yoki o’zgartirmasligiga guvoh bo’lish edi.
Birinchi so’rov jarayonida konfederatlar savollarga to’gri javob berishdi. Biroq, ular eksperiment o’tkazuvchi bergan ko’rsatmalar asosida asta-sekin notog’ri javobni aytishni boshladilar.
Ushbu tadqiqot, shuningdek, 38 ishtirokchidan iborat bo’lgan nazorat guruhiga ham ega edi. Har qanday kishi chiziqlar uzunligini aniq ilg’ab olishiga ishonch hosil qilish maqsadida, nazorat guruhiga mos obrazetsni alohida-alohida yozish topshirig’i yuklandi. Natijalarga ko’ra, ishtirokchilar 99,9 marta to’g’ri javobni tanlaganlar, hukm chiqarishda hech qanday xatoga yo’l qo’yishmagan.
Ash konformlik eksperimentining natijalari
Konformlik eksperimentida ishtirokchilarning qariyb 75 foizi kamida bir safar bo’lsa ham, guruhga tayangan holda, atrofdagilar fikriga qo’shildi.
Sinovlarning barchasini jamlash natijasida shu xulosaga kelindiki, ishtirokchilar taxminan uchdan bir holatda noto’g’ri javob bergan guruh fikriga yon bosishgan.
O’tkazilgan eksperimentlar shu bilan birga guruhda mavjud kishilar sonining konformlikka ta’sirini ham hisobga oldi. Konfederatlardan faqat bir kishi bo’lganda ishtirokchilarning javoblarida hech qanday ta’sir kuchi kuzatilmagan. Guruhda uch va undan ortiq konfederatlarning mavjudligi esa konformlik darajasining o’ta yuqoriligi bilan xarakterlangan.
Ash yana shunga amin bo’ldiki, birgina konfederatning to’g’ri javob berishi va qolgan konfederatlarning noto’g’ri javob berishi guruhdagi konformlik darajasining keskin pasayishiga olib kelgan. Ushbu vaziyatda ishtirokchilarning faqatgina 5 foizidan 10 foizigacha atrofdagilar fikriga qo’shilganlar (hamkorlarning necha marta to’g’ri javob aytishiga qarab).
Keyingi o’tkazilgan tadqiqotlar ham guruhda qo’llab-quvvatlovchi kishilarning mavjudligi guruhdagi konformlik ta’sirini yo’qqa chiqaruvchi asosiy vosita ekanligini tasdiqladi.
Post #833
125