Stress va bir stakan suv
Men sizni seminarlarda va mijozlar bilan yakka holda ishlash jarayonida oāzim foydalanadigan bir jihat bilan tanishtirmoqchiman. Bu Stress va bir stakan suv deb nomlanadi. Bu oāxshashlikni men oāylab topmaganman, biroq shunga oāxshash narsadan odamlarga stress tushunchasini tushunib olishlariga koāmaklashish uchun uzoq vaqtlardan buyon foydalanaman.
Agar sizdan mana shu bir stakan suvning ogāirligi qancha deb soāraganimda, nima deb javob berardingiz? 226 gramm? Ehtimol 340 grammdir?
Bu stakaning mutlaq ogāirligi aslida ahamiyatga ega emas. Bu qancha vaqt ushlab turishingizga bogāliq. Agar siz uni bir daqiqa ushlab tursangiz, bu muammo boālmaydi. Agar uni bir soat ushlab tursangiz, qoālingizda ogāriqni his etasiz. Agar siz uni bir kun ushlab tursangiz, qoālingiz uvushib qolib ayanchli holatga kelib qolishi mumkin (menga shunday deyishgandi). Bu vaziyatlarning har birida suvning ogāirligi oāzgarmaydi, biroq qancha uzoq vaqt ushlab turilsa, u shunchalik ogāir tuyuladi.
Stress va bezovtalikni bir shisha suvga qiyoslash mumkin. Kamroq oāyladingiz, hammasi joy-joyida. Uzoqroq oāylay boshlashingiz bilan oāzingizni noqulay his eta boshlaysiz. Agar ularni har doim oāylasangiz, oāzingizni ayanchli - biror ishni bajarish yoki davom etishga noqobillikni his etasiz. Bu analogiyaga (oāxshashlikka) yana biror narsa qoāshishimiz mumkin. Suvni koāpaytirsak, nima yuz beradi? Stakanni jiqqa toāldirsangizchi? Vaziyat chigallashib boradi. Diqqatni bir yerga jamlashga qiynalasiz, suv esa toākilib ketadi. Ana endi toākilgan suv uchun ham xavotirlanasiz. Agar hozir kimdir sizga gapirayotgan boālsa, siz uchun unga diqqat qaratish va stakanni muallaq saqlash qiyinchilik tugādiryapti. Shuningdek, toākib solish yaxshi ish emasligi va bu hissiyotlarning, e-yogāe unutibman, suvning toākilishiga ijozat berganingiz uchun oāzingizdan hijolat tortishingiz kerakligi sizga uqtirilgan. Shunday qilib, diqqatingizni jamlay olmadingiz, hijolat tortasiz va bunga qoāshimcha qoāllaringiz azoblanadi.
Stakanni biroz pastga qoāyish haqida oāylang. U oāz joyida turgunicha va qoālingizni seza boshlashingiz bilan, sizni stakanni shuncha uzoq vaqt tutib turishingizga sababchi boālgan vazifalaringizni bajarish uchun qoāldan kelgan mahoratingizni ishga solishingiz mumkin. Koāpchilik insonlar bu stakandagi suvni qoāyib turishdan koāra uni ushlab turishda davom etishni tanlaydi. Hatto baāzida birozgina suvni chiqarib yuborish (toākish) yordam berishi mumkin. Birozgina H2Oni toākishdan hijolat tortishga hech qanday oārin yoāq, nima boālganda ham, u oddiygina suv.
Ruhiy bardoshlilik, bu stakandagi suvni tutib turish orqali uning toākilishidan saqlab turish va bu esa stress bilan kurashishni anglatishini eshitgan sportchilar va tadbirkor shaxslar asosiy jihatni nazardan chetda qoldirishgan. Bardoshlilik, bu kichik ahamiyatga ega narsalar uchun ogāriqqa bardosh berish emas, ruhiy bardoshlilik, bu hissiy intellekga ega insonlar baāzida stakanni qoāyib turishini va yaxshiroq yoānalishni belgilab olishini anglab yetishdir.
Stress sizning xursandchiligingiz yoki sport va biznesdagi faoliyatingizga taāsir etishiga ijozat bersangiz, siz shunchaki qoāllaringiz quvvatdan qolishini kutib turibsiz. Mental treningning asl mohiyati qisman ana shunda. Uni qachon koātarib turish va qachon pastga qoāyish koānikmalarini oārganishdan iborat.
š Maqola muallifi mental trener, sport psixologiyasi konsultanti va "Ichingizdagi atletikachi" asarining muallifi Mayk Margolies
Post #822
134