😎Mobilografiyadagi asosiy 3ta xato
(va ularni qanday to‘g‘rilash mumkin)
1️⃣Yoritish (svet)ni e’tiborsiz qoldirish
Ko‘pchilik qayerda bo‘lsa, shunchaki suratga olaveradi. Aslida esa yoritish — videoning 50%. Tabiiy yorug‘likda yoki yumshoq sun’iy svetda olingan video har doim yaxshi chiqadi✔️
📌LIFEHACK: Derazaga yaqin joyda turing yoki ring light’dan foydalaning.
2️⃣ Kadrlashni o‘ylamasdan video olish
Bosh, qo‘l yoki poyabzal kesilib qolgan videolar ko‘pmi? Bu — to‘g‘ri kadr tanlanmaganining belgisi. Video olishdan oldin kompozitsiyani rejalashtiring⚠️
📌LIFEHACK: “3/3 qoidasi”ni esda tuting — obyekt markazda emas, yon tomonda bo‘lishi ko‘zni jalb qiladi
3️⃣Telefonni vertikal-gorizontal almashtirib olish
Bir video ichida portret va landshaft formatlar aralashib ketgan bo‘lsa — bu jiddiy xato. Ayniqsa, montajda muammo tug‘diradi🔈
📌LIFEHACK: Qaysi platforma uchun video olyapsiz — Reelsmi, YouTubemi — shunga qarab formatni tanlang va uni oxirigacha o‘zgartirmang⚙️
🎓Mobilografiyani professionallardan o`rganmoqchimisiz❓
Unda izohlarda ➕ qoldiring💬
Post #3471
5.76K

- 🔥 9
- ❤ 6