Oylik traffic 1 Petabyte bo’lishi yaxshigina natija.
Bu degani kuniga taxminan 33 TB va ~3Gbps
Etiborli tomoni esa cachix bu nix cache hosting. U yerda nix keshlar saqlanadi. Ammo bu yerda etiborimizni qaratadigan narsalar sal boshqa.
1. Cachix
serveri open source. Dastur ochiq kodli va shunga qaramasdan biznes ham qilyabti.
2. Nix ekotizimi yetarlicha kattalashib boryabti, cachix, determinate systems va yana ko'plab kompaniyalar nix atrofida enterprays yechimlarni taqdim qilishyabti.
3. Nix infratuzulma yechimlari keng rivojlanmoqda texnalogiya va biznes tomondan ham. Masalan nix as build system kabi ideyalar.
4. Cachix juda kichik jamoa va kamchilik odamlardan tashkil topgan. Ammo shunga qaramay manashunday masshtabda ishlayabti.
5. Special: Cachix serveri Haskellda yozilgan 😎
Bu ma'lumotlardan ko'p hulosalar qilsak bo'ladi. Masalan Cachix ochiq kodli dasturlar qilib ham biznes qilyabti engineering team ham juda kichik va tech stack ham unchalik mashxur emas.