Shu bilan cppdan ancha uzoq yuradigan bo’ldim. Umuman olganda leetcode yechganim man tanlagan koryera yoki qiziqgan narsalarimga uncha katta foyda bermadi deb o’ylayman. Uyoqda cpp yozganim bilan real hayotda app yozib berolmayman.
Undan kegin ham yana shu Algo DS mavzularini o’rganishga xarakat qildim ammo yetarlicha harakat qilmadim yoki o’zim ichimdan ishonmadim. Shu sabab tashlab qo’ydim. Lekin bazi narsalarda ishlaganda nimadirlarni o’rganib kelish talab qilinadi. Shu sababli majbur bo’lib o’qiyman.
Hullas leetcode kerakmi ?
Bilmayman, manga kerak emas deb xisoblayman.
Real hayotda algorithmlar ishlatilinadimi ?
Ha ishlatilinadi. Ammo real hayotdagi muammolar complexroq bo’ladi.
Alohida algo ds o’rganish umuman foyda bermaganmi ?
Dunyoqarash bergan. Ammo ketkazgan vaqtimga yarasha foyda olmaganman.
Masalan OS study ham taxminan shunaqaroq bo'lgani haqida yozgan edim. Backendchi bo'lib yurganimda o'sha bilimlar juda kerak bo'lgan, ammo distrubutiv developmentda ancha kamlik qildi.
Lekin OS mavzusida yetarlicha energiya sarflamaganman ko'p mavzularni yaxshiroq expirement qilmaganman deb xisoblayman, balki Algo & DS ham shundaydir buni aniq bilmayman.
Bazida o'zim uchun foydali deb bilgan yoki boshqalar tavsiya qilgan narsalarni o'rganganim bilan foydasi sezilmagan. Shu sababli ham tushunyabmanki agar nimanidir o'rganishim kerak deb qaror qilsam demak yaxshilab o'rganishim kerak. Bu narsaga yetarlicha vaqt ajratish, ko'p shug'ullanish kerak.
Post #4009
537