Huddi soft va hard skillar mavzusiga o'xshab qoldi-a ? O'zi maqsad ham manashu edi, sizga hechkim aniq kerakli bo'lgan yoki o'ta muhim skillar ro'yxatini yoki retsepni berolmaydi. Hamma taxminan aytadi yoki umumiylashtiradi. Shu bilan birga hamma muhimlik darajasini turlicha belgilaydi. Ammo muhim narsa bu bog'liqliklar, sizga kerakli skillar siz sizning muhitga bog'liq, qayerdadir juda ham gapga usta bo'lish kerak qayerdadir linuxni juda zo'r bilish kerak. Va yana muhim narsa shundaki sizga kerakli "fundamental" bilimlar ham unchalik umumiy emas bu ham nima qilishingizga bog'liq. Ha ko'pchilik dasturlash foundation deb imperativ tillardagi asosiy narsalarni o'rganadi bu yomon emas ammo tillar foundationi ham til o'ziga bog'liq ochig'ini aytsam. Bir til boshqa tilga to'laqonli asos bo'lishi qiyin yoki tillardagi bazi narsalarni boshqa tillarda kuzatmaysiz yoki boshqacha ishlaydi.
Profesionalismga erishish uchun esa kerakli skillarni ham doyim ham bilib bo'lmaydi bu narsa ham turli narsalarga bog'liq. Yuqorida aytganimdek jamiyatlar shaxsiyatlardan tashkil topadi. Shaxsiy rivojlanish ham shaxsiy qarashlar va qiziqishlarga bog'liq. Buni ham umumiylashtirib bo'lmaydi, hammaning qarashi farqli bo'lishi mumkin. Demak bu yerda bizga yordam beradigan narsalardan biri shunchaki openminded bo'lish, tanqidiy fikrlash, learning curve kabi narsalar bo'lib qolyabti. Biz boshqalardan maslaxatlar olamiz, hulosalarni muhokama qilamiz ammo boshqalar yo'li bizga ishlamasligi mumkin. Demak tajriba qilishdan ham qo'rqmasligimiz kerak. Ko'p narsalarni tajriba qilyabmiz ammo haligacha ish topolmayabmiz, buyoqda iqsodiyotni ko'tarish kerak "soqqa kerak Abdullajon" demak focusni toraytirish kerak, spitsalist bo'lish kerak. Bu role yoqmayabti hadeb birxil turdagi narsalar qilishdan charchadim, demak yangi rolega o'tish kerak. Bu OS yoqmayabti, demak yangi OSga o'tish kerak. Ho'sh bu qanchalik muhim ?
Falon tilni o'rganib ko'rsamchi ? Ho'sh bu til man ishlatadigan tildan qanchalik farqli ? Unchalik farqi yo'q ekan undan ko'ra X til o'rganish qiziqroq uyoqda umuman boshqa conceptlar va mening dunyo qarashimga katta foyda beradi. X tilning communitysi bo'lmas ekan o'rganmayman.
Shunaqa fikrlar kelaveradi, muhimi o'zingizga holis bo'ling. Odam o'ziga o'zi k*tlik qimasa hammasi yaxshi bo'ladi.
Post #3881
904
- ❤ 4
- 👏 1
- 😁 1
- 🤔 1
- 🕊 1