TGViewer
Programming ∀ Programming ∀ @programming_everyone · 1.35K subscribers
Post #3880 691
Professionalism shunday narsaki unga amal qilinsa har qanday odam bilan birga ishlash mumkin.

Masalan man ishlagan kompaniyalarda turli millat, din vakilari bo'lgan. Lekin hamma birgalikda nimadirlar qilar edi. Bir narsani g'oyadan boshlab foydalanuvchigacha borguncha bo'lgan jarayonda ko'plab roldagi odamlar mehnat qilgan yoki qilmagan ).

End userga borguncha bo'lgan jarayonda turli muammolar bo'ladi va muammolar turli kategoriyaga bo'linadi.

Shularning shu muammolarning bir kategoriyasi sotsial masala. Bilamizki sotsial so'zi ishtroki bilan siyosat boshlanadi. Qarashlar qaramaqarshiligi, maqsadlar kesishmasligi kabi masalalar ko'payadi. Bir loyihani ishlab chiqish jarayonida insonlar birlashmasa ish bitmaydi va hammaning natijasi turlicha bo'lgani sababli qarashlar qaramaqarshiligi yuzaga keladi. Kimdir A muhim desa boshqasi B muhim deydi. Qisqa aytganda odamlar birlashib nimadir qilishida doyim conflict of interest boshlanadi va siyosat qilish kerak bo'ladi.

Jamiyat esa boshqa kichik jamiyatlardan va shaxsiyatlardan tashkil topadi. Va shu jamiyatlar nimadir maqsadlar asosida birlashadilar, ishda bu narsa biror ishni bitirish bo'ladi, ishni bitirishdan maqsad esa natijani olish afsuski natija turlicha bo'lishi mumkin.

Kimdirlar ish bitrishdan natija deb tajribani oladi. Kimdirlar maoshni ustun ko'radi. Hullas manaviy va moliyaviy maqsadlar va bu narsalar turli insonlarda turlicha prioritetga ega.

Ho'sh, professionalism manashu masalalarda focus qilish uchun framework. Shu orqali siz natijaga bo'lgan resurslar sarfini kamaytirasiz va kamroq resurs sarflab kattaroq natija olasiz.

Oddiy misol, ishni reja qilish. Agar ishni reja qilishni bilmasangiz, demak bazi ishlarni qanday boshlashni ham bilmaysiz va ko'p vaqt yoqotasiz. Ishni reja qilish uchun esa albatta kanban board qivolib jiraga task yozishingiz shart emas.

Roldan kelib chiqib impact berish. Masalan siz professional dasturchisiz, jamoangiz yangi funksional reja qilyabti ammo ularni rejasidagi ishlar natijasi security muammosiga olib kelishini bilasiz, demak buni report qilish kerak. Bu bilan birgalikda siz dasturchi perespektivasidan ushbu funksional rejasiga o'z fikrlarizni ham aytishiz kerak. Demak o'sha domaindagi termni dasturlashdagi termga o'girish kerak va bu yerda sizda ham masuliyat bor. Sizdagi profesionalism kelayotgan ma'lumotlarga qarab feedback berishi kerak. Bazida negative bazida positive. Ushbu qarorlarga esa yana boshqa narsalar aralasha boshlaydi, masalan natija uchun resurslar sarfi, demak siz iqsodiyotni ham biroz tushunishingiz kerak, aytaylik X muammoni hal etish uchun Y servis ishlatish kerak ammo uni ishlatatishga N budjed bormi ? Siz siyosatni ham tushunishingiz kerak, X funksionalni Y uslubda qilidingiz ammo boshqa hamkasblar Z uslubni tavsiya qilyabti, demak ular bilan kelishish kerak.

Yuqorida aytganimdek biror domaindagi termni boshqa domainga o'girish doyim ham ishlamaydi. Real misol qilib insonlar gaplashadigan tillarni olsak, bilamizki hamma tillarda bazi so'zlar bor va ularni boshqa tilga umuman o'girib bo'lmaydi. Bazida manosi yaqinroq so'zlar yoki o'sha manoga olib boradigan gaplar ishlatilinadi. Professionalism esa manashunday mappinglar qilishga ham yordam beradi.
  • 👌 1
More from @programming_everyone
  1. Oct 8, 2026Qoravoy pastroqdagi funksiyani teparoqga chiqarib qo'yibti. Eng qizig'i commentda ham yozi…
  2. Oct 7, 2026Bilamizki polymorhism variablelar birnecha tiplar variantiga mos kelishiga ko'p tiplarga,…
  3. Oct 7, 2026cpp
  4. Oct 7, 2026Haskell, Rust, Nix temasida qiziquvchilar ancha ko'payibtiku 👍
  5. Oct 7, 2026Shu basic arithmetic interpeterni kamida 20+ marotaba turlicha tilda turlicha uslublarda y…
  6. Oct 7, 2026Send him 2-3 years Haskell and forget.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →