TGViewer
Programming ∀ Programming ∀ @programming_everyone · 1.35K subscribers
Post #3866 910

Forwarded from Uzinfocom Open Source (ㅤ)

Xinux 25.11 stabil versiyasi tayyor! 🎉

Xinux operatsion tizimi — kundalik hayotda kerak bo‘ladigan dasturlar bilan birga keladi. Ushbu versiyada quyidagi dasturlar va yangilanishlar mavjud:

1. LibreOffice — pullik Microsoft 365 dasturlariga bepul va ochiq kodli muqobil bo‘lib, hujjatlar bilan ishlash imkonini beradi.
2. Software Center — NixOS paketlarini qulay grafik interfeys orqali o‘rnatishga yordam beruvchi menejer.
3. GNOME 49 — ish stoli muhiti yangilandi va unga o‘zbek tili qo‘shildi.
4. O‘zbekcha klaviatura tartibi — ʻ (okina), ʼ (tutuq belgisi), qo‘shtirnoq, tire va boshqa kerakli belgilar tizim klaviaturasiga qo‘shildi.
5. E-IMZO Manager — E-IMZO raqamli imzo servisi uchun shaxsiy kalitlarni boshqarishga mo‘ljallangan qulay dastur.
6. Sayohat — Xinux bo‘ylab tur va kutib olish xizmatlari uchun mo‘ljallangan dastur.
7. @mountops kanali tomonidan taqdim etilgan yangi orqa fonlar qo‘shildi.

Rasmiy xinux.uz/download sahifasidan stabil yoki so‘nggi nostabil versiyani yuklab olishingiz mumkin.
USB fleshka orqali o‘rnatish uchun Rufus, balenaEtcher, virtual mashinaga o‘rnatish uchun esa GNOME Boxes (Linux) yoki VMware Player (Windows) dasturlaridan foydalanishingiz mumkin.

Minimal tizim talablari:
(64-bit) protsessor [x86_64]
Kamida 8 GB operativ xotira (16 GB yoki undan ko‘p tavsiya etiladi)
Diskda kamida 128 GB bo‘sh joy
O‘rnatish jarayoni uchun internetga ulanish talab etiladi.
  • 👏 5
  • ❤ 2
  • 🎉 2
More from @programming_everyone
  1. Oct 7, 2026Bilamizki polymorhism variablelar birnecha tiplar variantiga mos kelishiga ko'p tiplarga,…
  2. Oct 7, 2026cpp
  3. Oct 7, 2026Haskell, Rust, Nix temasida qiziquvchilar ancha ko'payibtiku 👍
  4. Oct 7, 2026Shu basic arithmetic interpeterni kamida 20+ marotaba turlicha tilda turlicha uslublarda y…
  5. Oct 7, 2026Send him 2-3 years Haskell and forget.
  6. Oct 7, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →