TGViewer
Programming ∀ Programming ∀ @programming_everyone · 1.35K subscribers
Post #3854 1.23K
Startupchilarni ko'p qismi dasturchilarga taklif beradilar - Part time yoki kelishilgan vaqtga ishlashni va evaziga pul to'lashni. Yoki bo'lmasa foydadan % taklif qiladilar.

Foydaga sherik, aksiya takliflarini doyim rad etganman. Fikrimcha boshqa hamkasblarimning ko'p qismi ham shunday qaror qilishgan. Chunki startuplarning juda ham ko'p qismi foydagacha yetib bormaydi, aksiyalar chiqarish maslasi esa ehhe )).

Lekin startupchilar loyihasining juda ko'p qismlarini OSSga chiqarib ko'ngillilarni yeg'ishlari mumkin. Albatta bularni tashkillashtiradigan yoki tushunadigan odamlar bo'lmasa bunday narsani qilish qiyinroq masala 🤷‍♂️

Lekin bu narsani eplaganingizdan kegin yaxshi contabutorlarga qo'shimcha pul bersangiz bo'ladi. Fikrimcha bizni mahalliy loyihalarning juda katta qismi nimadirning nusxasi, deyarli nusxa va aslini farqi bo'lmasligi ham mumkin.

AI bilan uzoqga borishingizga ishonmayman, vaybkoderlarni ishlatib ham. Shu sababdan loyihaning umumiy qismlarini ochiq kodli qilish eng yaxshi variant deb o'ylayman. Bu orqali qo'shimcha ishchi kuchiga ham ega bo'lasiz va loyihangizga qiziquvchi potensial yangi hodimlarni ham topasiz.

Bilaman ko'pchilik bu narsani tushunmaydi ham, yoki bo'lmasa xavfsizlik va NDA kabi narsalarga tog'ri kelmaydi deb biladi. Lekin siz qilayotgan startupingizdagi code o'zidan anchagina CVE chiqishi mumkinligini o'ylab ham ko'rmaysiz. Yoki bo'lmasa sizni loyiha kodlarining katta qismi aslida oss ekanini ham o'ylab ko'rmagan bo'lsangiz kerak )) Masalan shu ishlatgan frameworklaringiz.

Loyihangizni qanchadir qismini ochiq kodli qilishingiz aynan qandaydir dasturchilarni birnecha soat part time ishlatganingizdan ancha foydaliroq.
  • 🔥 8
  • 💯 2
  • 🕊 1
More from @programming_everyone
  1. Oct 8, 2026Qoravoy pastroqdagi funksiyani teparoqga chiqarib qo'yibti. Eng qizig'i commentda ham yozi…
  2. Oct 7, 2026Bilamizki polymorhism variablelar birnecha tiplar variantiga mos kelishiga ko'p tiplarga,…
  3. Oct 7, 2026cpp
  4. Oct 7, 2026Haskell, Rust, Nix temasida qiziquvchilar ancha ko'payibtiku 👍
  5. Oct 7, 2026Shu basic arithmetic interpeterni kamida 20+ marotaba turlicha tilda turlicha uslublarda y…
  6. Oct 7, 2026Send him 2-3 years Haskell and forget.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →