Keling sizlarga Ochiq va tekin dasturlar haqida biroz gapirib berayin. Juda fundamental narsalardan boshlasak, masalan windows, macos operatsion tizimlarining foydalanuvchilari jamlanuvchi biror joylarni bilasizmi ?
Asosiy source Microsoft yoki Apple community va bazi stackexchange threadlar yoki reddit. Lekin linux distrubutivlarining hamjamiyatlariga etibor bering. Qanchalik ko'p ? Chunki ochiq kodli va tekin, hamma hohlagancha o'zgartira oladi.
Linuxni taxminan 10 yildan buyon ishlataman turli distrubutivlar, va turli qurilamalarni ishlatib ko'rganman, Laptopdan tortib serverlar va mini-pc qurilmalargacha. Manda muammolar chiqganida esa turli forumlar va hamjamiyatlardan yordam olganman. Eng muhimi esa bular hammasi tekinga bo'lgan. Linuxga birinchi bor apache server qo'yganimni eslayman, linux uzbek hamjamiyatidagi Vodiylik aka har bir bosqichda bittalab yordam bergan edilar ancha vaqtimiz ketgan edi chunki linuxdagi network configlarni ham tog'irlash kerak bo'lgan. Aka hammasini tog'irlab bergan edilar, lekin mandan bir tiyn olmaganlar. Manashunday communitylarda yetishib vaqti kelib communitylarda o'zim ham boshqalarba yordam berishga ozmi ko'pmi ulgurdim va doyim yordam berishga tayyor bo'lganman bazida ko'p vaqt ketsa ham farqi bo'lmaydi. Chunki bu kasb madaniyatimiz deb bilaman va imkon qadar shunga amal qilaman, amal qilishga chaqiraman!
Communitylar bahona ko'p yaxshi hamkasblar, do'stlar va tanishlar ortirdim. Bazilari bilan birga ham ishladik bazilari bilan ishlash nasib etmadi. Lekin community supportdan doyim ko'p manfat ko'rganman va ko'p narsa o'rganib kelmoqdaman. Communitydagi hamma huddiku uztoz nimadir o'rgansa bo'ladi )) Albatta hamma joyda turlicha odamlar bor va odamlardagi qaramaqarshi fikrlar o'rtasidagi konfliktlar doyimiy mavjud. Albatta turli hamjamiyatlarda madaniyat turlicha ildiz otgani ham bor narsa. Lekin eng muhim nuqta shundaki agar qachondir nimadir yangilik bilan tanishsam manashu narsaga aloqador shu mavzuni biladiganlar hamjamiyatini qidirganman, dasturlash tillaridan tortib turli toolargacha va asosan ochiq kodli tekin dasturlarda manashunday hamjamiyat bo'lish madaniyati saqlanib qolgan. Ha mayli 3-5 kishi bo'lsa ham bor... Albatta qandaydir tildagi kichik kutbxona, driver kabi narsalarga aloqador narsalar umumiy yoki ushbu texnalogiyaga aloqador hamjamiyatlarda muhokama qilinadi chunki juda ham tor context uchun yana alohida joy qilgandan mano ham yo'q.
Lekin bilamizki dasturlash tillari, turli texnalogiyalarga aloqador forum va communitylar mavjud. Ha bazi yopiq va tekin bo'lmagan narsalarga ham bunday narsalar bor ammo ularni tepasida asosan kompaniyalar turishadi.
Endi ushbu boshlang'ich ma'lumotlardan bir hulosa qilsak:
Open source bizga nimalar beryabti ?
- Mavjud dasturni tekinga ishlata olamiz.
- Ma'lum qoidalar asosida kodni o'zgartira olamiz. O'zimizga moslashimiz mumkin.
- Forumlar va hamjamiyatlardan mutlaqo tekinga yordam olamiz.
- Forum va hamjamiyatlarda yangi tanishlar do'stlar ortira olamiz.
- Malum qoidalar asosida biror loyihani yanada yaxshiroq bo'lishiga o'z hissamizni qo'sha olamiz va bu jarayonda hamkasblar bilan fikr, tajriba almashamiz. Bu huddi tekinga malaka oshirish kursi kabi narsaku ahir ))
Post #3840
856
- ❤ 5
- 🔥 3
- 👏 2
- ⚡ 1