Floss hamjamiyatida AI masalasida bazi qonunlarni qabul qilyabmiz va ushbu qonunlarni RFC darajasida o'rnatishni maqsad qilganmiz.
Birnecha kun oldin shu masalada muhokamalar boshlangan edi. Ha umuman haligacha bu masalada ko'pchilik bir qarorga kelolmagan biz ham shular orasidamiz.
Ammo commentlardan biri yaxshigina o'ylashimga majub qildi. @AbduazizPy Open source projectlarga AI agentlar bilan contrabution qilish doirasida o'z fikrlarini izohlaganlar va ularning fikrlariga ko'ra eng fundamental narsadan biz yutkazyabmiz, AI bilan code yozib ownershipdan vos kechyabmiz.
Umuman olganda "Open source free software" nafaqat qandaydir loyihani githubga ochiq qo'yib qo'yish balki o'ziga yarasha tajriba almashish, networking qilish va qandaydir kichik hamjamiyatchaning paydo bo'lishiga asosdir.
Post #3839
729