Assalomu Alaykum!
Ho'sh, birnecha oradan birnecha oy o'tdi va endi qaytishga, sizlarga ulashishga arzigulik narsalar bor bu narsalar ham vendor lock maslasiga nisbatan yechim bo'lishi mumkin.
Avvalo shuni elon qilmoqchiman:
3 haftadan buyon yangi jamoada va kompaniyada ishlayabman. Ha ishxona o'zgardi. Uzinfocom kompaniyasidagi Open source sofware jamoasiga qo'shildim. Buni asosida endi OSS bilan shug'ullanishga fulltime vaqtim bor va shu bilan birga asosiy stack ham o'zgardi infrastructure uchun nix va projectlarga Rust va Haskelldan foydalanamiz va shu stacklarda ishlayabman.
Avvalo kanal arxivlanishiga birnecha sabablar bor edi.
1. Vendor lock.
2. Share qilinadigan tayinli narsalar yo'q edi.
3. Mental holatim ham unchalik yaxshi emas edi.
Endilikda kanal yurgizishdan faqatgina manga emas balki kanal azolariga ham foyda bo'lishi mumkin. Shu sababli quyidagicha asoslarim bor:
1. Vendor lock muammoasi critical emas endilikda qandaydir informativ maqola yozsam asosiy manba boshqa joyda turadi.
2. OSS contribution jarayonlarini ulasha olaman va loyihalarga ko'ngillilarni topa olaman.
3. Hamkasblar bilan ham turli masalalarda fikr almasha olaman.
Endilikda kuzatuvchilarga ham aynan qandaydir foydali narsa ulashishim mumkin deb o'ylayabman:
1. Men ishlaydigan bazi OSS loyihalarga hissa qo'shishingiz mumkin.
2. Siz qilmoqchi bo'lgan OSS loyihalar haqida discussion qilishimiz mumkin.
3. OSS loyihalar bahonasida o'zingiz uchun yangi narsalarni kashf etishingiz va yaxshi networking qilishingiz mumkin.
Dasturchi sifatidagi koryeramdagi yangi gorizont ochildi va ushbu imkoniyatdan nafaqat o'zim foydalanishni balki boshqalarga ham yordamlashishni foydali deb bilaman. Albatta bunga cheklangan vaqt va energiya sarf qilaman lekin shu doirada bo'lsa ham hamma imkoniyatdan maksimal foydalanish kerak degan fikrdaman. Shusababdan kanal faoliyati tiklanishi ushbu xarakatlarda muhim ahamiyatga ega bo'lishi mumkin. Endi birga ishlash, tajriba almashish imkoniyatimiz bor ekan kelinglar foydalanamiz.
Post #3834
935
- 🔥 36
- 🤪 9
- ❤ 2
- ⚡ 1
- 🤣 1