TGViewer
Aziz Mirzayev Aziz Mirzayev @pro_aim · 935 subscribers
Post #989 312

Forwarded from Temurbek Adhamov

«Cambridge LC» va «Najot Ta'lim» markazlari 2,8 mlrd so‘mlik grantni e’lon qiladi 🎉

Har yili hamkorlikda ilmga chanqoq, kelajak maqsadlari aniq yoshlarga ko'maklashish maqsadida beriladigan «Kelajak yoshlari» ta'lim grantini berishda davom etamiz.

🤩 Ramazondan Ramazongacha davom etadigan grantda 100 nafar yigit-qizga 1 yil davomida dasturlash yoki grafik dizayn hamda ingliz tili bepul o‘qitiladi.

Ularning 60 tasi Toshkent filiallari, 20 tasi Farg'ona filiali va 20 ta o'quvchi Samarqand filiali uchun tanlab olinadi.

📌 Grant bosqichida 16–25 yoshdagi, respublikaning istalgan hududida yashovchi yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Saralash motivatsion xat va suhbat orqali amalga oshiriladi.

Najot Ta'lim va Cambridge LC markazlari ushbu loyihani moddiy manfaat ko‘zlamagan holda, millat va Vatan oldidagi burch sifatida tashkil etmoqda.

Agar siz ham bu loyihada ishtirok etmoqchi bo'lsangiz hoziroq ariza topshiring.


🔖 «Kelajak yoshlari» grantiga ro‘yxatdan o‘tish

Eslatma: Ro‘yxatdan o‘tish 27-fevral soat 23:59'gacha davom etadi.

P.S. ushbu xabarni eng iqtidorli yoshlarga ulashishingizni so'raymiz .

📞 78-888-9-888 | najottalim.uz | WhatsApp
  • 👍 2
More from @pro_aim
  1. Oct 13, 2026Vaqt o'tishi juda tezlashib ketdi yoki qiziq ishlar bilan band bo'lib sezmayapmanmi? 🤔 Xu…
  2. Oct 13, 2026Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va DataCamp onlayn ta’lim platformasi o‘rtasida ha…
  3. Oct 13, 2026Agentic coding bo'yicha butun boshli ensiklopediya chiqibdi 📚 229 ta pattern, 22 ta antip…
  4. Oct 13, 2026Claude Code uchun 3 ta skill pack'ni solishtiribdi 🔥 — Addy Osmani'ning agent-skills (Git…
  5. Oct 13, 2026AI bilan gaplashib shu maqomni oldim =)
  6. Oct 12, 2026Sim juda compact turarkan gap yoʻq
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →