Bu sizning qaroringiz!
Psixologiyada juda ajoyib bir qoida bor: "Hech kim sizning roziligingizsiz sizni xafa qila olmaydi."
Ya’ni, tashqi ta’sirlardan ranjish yoki ranjimaslik — bu mutlaqo sizning tanlovingiz. Buni bugungi kunda hissiyot ilmi, ya’ni hissiy intellekt (EQ) ham to‘liq tasdiqlaydi.
#Baxt ham xuddi shunday...
Inson o‘zini baxtli deb his qilsa — baxtli, baxtsiz deb bilsa — baxtsizdir. Negaki, moddiy olamda (tashqi muhitda) birdaniga hech narsa o‘zgarib qolmaydi. "Men baxtsizman" degan tushuncha shunchaki insonning ongida yashaydi, xolos.
Agar inson haqiqatda baxtli ekaniga ishonsa, bunga o‘z ichki olamidan yetarlicha dalillar topa olsa, o‘zidagi bor ne’matlarni qadrlab, ularning hisobsiz ekanini yurakdan his qila bilsa — u inson shubhasiz baxtlidir.
Yaratganning O‘zi ham: "Agar shukr qilsangiz, ziyoda qilaman", deb va’da bergan. Inson chin dildan shukr qilishni boshlagan ondayoq, o‘sha zahoti ne’matlarning ziyodaligini va qalbidagi "Baxt" tuyg‘usini his eta boshlaydi.
Demak, baxtli bo‘lish — har bir insonning o‘z qo‘lida.
P.S. Baxtli bo‘lish — bu shunchaki bir qaror. Uni bugun qabul qiling.
@QudratAbdurahimov — Тизимли бошқарув ва рақамли трансформация эксперти
Post #1648
489
Forwarded from Qudrat Abdurahimov
- 🔥 5
- ❤ 2