TGViewer
Aziz Mirzayev Aziz Mirzayev @pro_aim · 890 subscribers
Post #1587 327

Forwarded from Tsukerberg Qo’shnilari

Yaxshilik ham “context window”ga bog‘liq.

AQShga endi ko‘chib kelgan paytimda buni o‘zim boshdan kechirganman.

Chet elda, ayniqsa tech yoki katta kompaniyalarda ishlaydigan o‘zbeklarga LinkedIn’dan yozasiz. Javob yo‘q. Intro so‘raysiz — qilmaydi. 15 daqiqa vaqt so‘raysiz — topolmaydi.

Shunda odamda: “O‘zbek o‘zbekka yordam bermasa, kim yordam beradi?” degan xafagarchilik paydo bo‘ladi.

Lekin vaqt o‘tib bir narsani tushundim: har bir insonning o‘z context window’i bor.

Ish, deadline, oila, bolalar, immigratsiya, moliya, yuzlab xabarlar, o‘zining muammolari. Ba’zida odam yordam berishni xohlaydi, lekin uning “context window”ida bunga shunchaki joy qolmagan bo‘ladi.

Men buni qabul qildim. Xafa bo‘lish o‘rniga, odamga qulay vaqtni topishga, qisqa va aniq yozishga, keyinroq yana murojaat qilishga harakat qildim.

Hozir esa o‘zim boshqa tarafdaman. O‘zbekistondan yozadigan odamlarga imkon qadar yordam berishga, intro qilishga, vaqt ajratishga harakat qilaman.

Lekin endi ikkinchi tarafni ham juda yaxshi tushunaman:

Yaxshi niyat cheksiz bo‘lishi mumkin. Context window esa cheklangan.

Ba’zida javob bermaslik — bepisandlik emas. Shunchaki insonning o‘z hayoti ayni paytda uning butun context window’ini egallab turgan bo‘ladi.
  • 👍 9
  • 🔥 4
  • 🤝 3
  • ❤ 1
More from @pro_aim
  1. Sep 25, 2026https://lnkd.in/p/enCy-FrV
  2. Sep 25, 2026Yana bir urinish =)
  3. Sep 25, 2026Okalar shunaqa narsani qayerdan topsa bo'ladi? Bu qurilma: ​Шлихта машинаси дастурини масо…
  4. Sep 25, 2026Dasturchilar AI bilan 24% tezroq ishlaymiz deb o'ylashgan. Aslida esa 19% sekinlashishgan…
  5. Sep 25, 2026video post
  6. Sep 24, 2026https://youtube.com/shorts/gcdcaCoVuGo?si=AVwLLrb0JVHqnr3y Yangi oʻrganuvchilarga zoʻr ext…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →