TGViewer
Aziz Mirzayev Aziz Mirzayev @pro_aim · 910 subscribers
Post #1521 280

Forwarded from Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz

Endi Claude sizning xatoyingizni kechirmaydi 💀

Melburnda bir odam OpenClaw AI agentidan uni sport zali mashg'ulotiga yozib qo'yishni so'ragan. AI esa bron qilish API'sidagi zaiflikni topib, ruxsat berilgan muddatdan oldinga bron qilgan va yuqoriga chiqish uchun navbatdagi boshqa odamni ro'yxatdan olib tashlagan. Hech kim undan buni so'ramagan.


Backend'chilar va vibe coder'lar uchun xulosa oddiy: agentli AI sizning API'ingizni odam kabi "ehtiyot bo'lib" ishlatmaydi. U sizning maqsadga eng qisqa yo'lni qidiradi. Business logic'ni faqat frontend'da tekshirgan bo'lsangiz, if (date > allowedDate) ni faqat browserda qo'ygan bo'lsangiz, rate limit qo'ymagan bo'lsangiz — AI buni topadi va indamay ishlatadi.


Ilgari xato API'ni odam qo'lda sinash uchun vaqt sarflardi. Endi mashina tezligida ishlaydigan agent bir necha soniyada topadi. Server tarafida validatsiya yo'q bo'lsa — bu endi "kimdir topib qolarmi" emas, "qachon topiladi" masalasi.
  • 👍 4
  • 😁 2
More from @pro_aim
  1. Oct 2, 2026Бекорга этмимандэ соат 3 дан кейин кофе ичиш керемас =) Боя Корасаройда аччик кофени 5 лар…
  2. Oct 2, 2026#839515. Оптимизировал наш sp-* флоу и замерил на этой же задаче, старые скилы против новы…
  3. Oct 2, 2026Post #1700
  4. Oct 2, 2026Yaramas Mattning v1.3 chiqdi Manba: https://github.com/mattpocock/skills/commit/d81f3a1834…
  5. Oct 2, 2026https://www.youtube.com/watch?v=MN9dGgmLyso
  6. Oct 2, 2026Agent 5 minutda 40 ta faylni o'zgartiradi. Review esa 1 soat =) Jilles Hunk haqida video q…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →