Hamma yoqda AI unday, AI bunday, man oyiga AI uchun muncha pul sarflayapman, manga AI uchun $200 lik obuna yetmayapti va hokazo...
Tanish, o'zim hurmat qiladigan akalar, do'stlar, hamkasblar bor, oyiga 40-50$ bilan ishini bitirib yuribti. Masalan meni o'zimga 100$ Claude subscription yetib ortadi.
Videoblogerlar ham eshitgan, sinagan, balki sinab ulgurmagan featurelarini reklama qilib yotishibdi. Maqsad shunchaki AI'ni hayp qilishdek. Shu gaplardan charchaganimdan ayrim guruhlardan ham chiqib ketishni boshladim.
Ishga topshirayotgan yoshlarning bilim darajasi anchagina tushib ketgandek. O‘zidan so‘rasangiz, dunyoni ostin-ustun qilib yuborgan. Qilgan ishlarini, ichidagi featurelarni nazarda tutayapman.
Frontendchiman, CRM, ERP sistemalar qurib tashlaganman, bu unday qiladi, bu bunday qiladi, deydi. Chrome'da turibmiz, Inspect qilib, kodni ko‘rsating, desam bilmayapti.
Loyihada Tailwind CSS kutubxonasini ishlatgan, rasm uchun
class="h-[20px]..." deb bergan."Nimaga unday qilgansiz? Tailwind'da
h-5 bersangiz ham bo‘lardi-ku, yoki umuman class bermasangiz ham o‘zi rasmning bo‘yi 20px ekan-ku", desam:"Bilmayman, aka, man o'zi shunday ishlayman", deydi.
Manga qiziq joyi — hozirgi yoshlar dasturlashni o‘rgansinmi? IT'ga qiziqsinmi? Nimadan boshlasin, tuzuk javob ola olmayapman. Sizning fikringizni bilmoqchiman.