/code-review Kanalga yangi qo'shilayotganlar bilan conflict yo'qmi?Agar loyihalaringizda Claude Code ishlatayotgan bo'lsangiz, Anthropic jamoasi
/code-review buyrug'iga qiziqarli yangilanish qo'shibdi.Avval qanaqa edi: qaysi effort darajasida chaqirsangiz ham, ichida bitta o'sha promptning o'zi turardi. Ya'ni "chuqurroq o'yla" degan bilan review jarayoni o'zgarmasdi.
Endi har bir darajaga alohida strategiya:
• low — diffdan bir marta o'tadi. Shunchalik arzonki, har push oldidan chaqirsangiz ham bo'laveradi.
• medium — avval kodni kontekstda o'qiydi, keyin muammoni bir necha tomondan qidiradi, oxirida topilgan har bir narsani tekshirib ko'radi.
• high — qidiruvchi va tekshiruvchi agentlar toza kontekstli alohida subagent bo'lib chiqadi. Ya'ni review qilayotgan agent, kodni yozgan agentning fikriga "yopishib qolmaydi".
• xhigh — diffdan tashqaridagi kodga ta'siri bormi, shuni ham qaraydi.
Sessiyangizdagi darajani o'zi oladi, xohlasangiz ochiq aytasiz:
/code-review highultra esa umuman boshqa daraja — uni keyingi postlarda.Fikringiz qiziq: Rasmni postga aloqasi bormi?
Endi sizga savol: o'zi
/code-review dan foydalanasizmi?
