Claude Code endi artifacts (artefakt) yaratishni qo'llab-quvvatlaydi.
Qisqacha mohiyati: Claude Code sessiyasida qilingan ishni — debug natijasi, PR tahlili, arxitektura xaritasi, dashboard va hokazo — jonli, interaktiv veb-sahifaga aylantirish mumkin. Asosiy xususiyatlari:
Sessiya kontekstidan quriladi — kod bazasi, ulangan connectorlar va suhbat tarixidan foydalanadi. Alohida manba sozlash shart emas.
Real vaqtda yangilanadi — Claude Code sessiya davomida artifact ni yangilasa, ochiq sahifa ham o'z-o'zidan yangilanadi.
Jamoaga ulashish — bitta link orqali hamkasblar ham ko'rishi mumkin. Tarix saqlanadi (versiyalar).
Maxfiylik — faqat tashkilot a'zolari ko'ra oladi, public qilib bo'lmaydi.
Kimga foydali: SRE (incident report), muhandislar (PR walkthrough), managerlar (sprint natijasi), legal/privacy jamoalari (litsenziya audit).
Hozircha Team va Enterprise rejimlarida beta sifatida mavjud, Claude Code CLI va desktop app orqali.
Post #1370
271