TGViewer
Aziz Mirzayev Aziz Mirzayev @pro_aim · 939 subscribers
Post #1192 317

Forwarded from Alisher Makhmudov

c#, .net, #programming, #html, #css, #js, #vacancy

.NET C# + ASP.NET MVC, HTML, CSS, JavaScript, DB, MySQL tehnologiyalarini biladigan odamga vancancy e'lon qilgandik. "Juniorlar uchun emas" - degan yeri ham bor...


Eng qizig'i endi boshlanadi:

- topshirayotkan odamlar resumeni .pdf shaklda berishayabti (github pages, netlify) qo'yib, bilimingizni ko'rsatib, boshqa candidatlarni oldida shundoqqina bir pog'ona ustun bo'lib chiqmaysizmi :-)?)

- faylning nomlanishi "ism_familiya.pdf", "ism_familiya-resume.pdf", "ism_familiya-resume-(2).pdf"

- ingliz, tus tilini bilish kk deyilgan, resumeni ichida rus tilini bilaman degan yeri yo'q..., ingliz tilini biish ham turli tuman pre-intermediate, intermediate bo'lib ketibti, bir paytlar, fluent, good bo'lardi, tushunarliroq edi...

- to'liq ish kunida officeda ishlash deyilgan, yigitlar student, resumeda shunday yozilgan...

- hammani resumesida bir hil loyiha, najot ta'limdagilarda bir, pdp nikida ikkinchi turdagi loyiha...

- hammaga bitta odam, o'qitkan ustozi recommendation beradi...

- individuallik, o'ziga hoslik, boshqalardan ajralib, esda qoladigan tomoni yo'q, yigitlar...

- loyiha qilishgan, nima uchun shunday qilgansiz desa tushunmaydi, ustoz shunday qiling degan qilavergan..., ishlasa bo'ldi principi...


Savol va mulohazalar:

- man tushunmayman, hozirgi yoshlar shunchaki soddami ili ahamiyatsizmi?

- institutda o'qish shart emas deb rosa reklamalar bo'ldi, balki dunyoqarash, bilimlarni kengaytirish, muomala madaniyati, muddatlarni qo'yish va ularga rioya qilish, ulg'ayish uchun institut, oliy ta'lim kerakdur aslida?

- kurslarni bitirib chiqishgan ko'plari, ustozlari shu ishga kirishda, faqat katta pul so'ragin deb o'rgatkanmi, resumeda imloviy hatolar, design nuqtai nazaridan chalkashlik, turli shriftlar ishlatilishi...

- resumeni taqdim qilish, muomala madaniyati, mayda detallarga ahamiyat qilish kabi muhim jihatlarni kimdur o'rgatadimi...?

- habarlardan shunday turga mansublari ham bor: "aka ish bo'yicha bezovta qilayotkandim"... ho'sh, habarni davomi qani, bezovta qilayotkaning ma'lum, dalshe chto...? ukajonim tars tars kerakli ma'lumotni taqdim qil, "akajon quyida ma'lumotlarnimni taqdim qildim, ma'qul bo'lsam suhbatga, keyinchalik sizni jamoada ishlash imkoniyatini qo'lga kiritsam faqat hursand bo'laman" - degin olam guliston...

- shu kabi kamchiliklar kamroq bo'lishi uchun, juniorlar uchun emas degandik...

P.S.
bu postni kimdurni kamsitish yoki ayibini oshkor qilish maqsadida emas, shunchaki shu turdagi hatolarni qilmasliklari uchun, kimgadur foydali bo'ladi degan umidda yozib qo'ydim, kamchiliklarni keyinchalik balkim to'ldirib borarman...
  • 👍 2
  • 💯 1
More from @pro_aim
  1. Oct 9, 2026Haqorat qilaversangiz, Claude o'zi chatni yopib ketadi. Anthropic shunday qilib qo'ygan. Q…
  2. Oct 9, 2026video post
  3. Oct 8, 2026Bugun 3 soat uyqu boʻlgan. Shu zalga chiqquncha muammo. Chiqqandan keyin mazza qiladi odam…
  4. Oct 8, 2026Jakhongir aka (@JR_TwitGram) tavsiya qilgan qo'shiqni eshitib, ma'nosiga e'tibor beringlar…
  5. Oct 8, 2026Meta va Microsoft xodimlariga Claude'ni kamroq ishlatishni aytibdi 😄 — Microsoft'da bitta…
  6. Oct 8, 2026Claude Haiku 5.5 chiqdi. Haiku 4.5'dan ~75% arzon, lekin ancha kuchliroq 🚀 Raqamlar: — Ag…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →