TGViewer
Aziz Mirzayev Aziz Mirzayev @pro_aim · 938 subscribers
Post #1072 369

Forwarded from Qudrat Abdurahimov

Ko'zida yosh

Bugun bitta tanishim keldi. 18 - 19 yosh bola.
Yaqinda bitta bankda flutter dasturchi bo'lib ish boshlagan edi.
Oylik ham yaxshi 8 mln so'm, sinov muddatida. 2 oydan keyin 10 - 12 mln so'm bo'lishini kelishishgan.

Ish boshlaganiga 2 oy bo'lgan. Kredit berishlar juda ko'p ekan.
Ishga kirishdan oldin men boshqacha tasavvur qilgan edim.
Endi nima qilay? Men topayotgan pul - oylik xalolmi yoki xarommi deb so'rab kelibdi.

Men bilmasam, men fatvo beruvchi emasmanku, borib musulmonlar fatvo bo'limidan so'raysan deb manzilini berib yubordim.

Eng qizig'i suhbat jarayonida ko'zida yosh bir necha marta keldi.
Bildirmaslikka xarakat qildi.

Meni ajablantirgan narsa, xali qalb tirik, o'lmagan. Sof fitran nimanidir izlayapti.

U ketganidan keyin mening ham ko'zimga yosh keldi.
O'g'lim tengi bola, xalollik izlab yuribdi.

Mening nafsim esa, pulni qayerdan kelganiga parvo ham qilmaydi.

Xammamizga insof bersin.

P.S. O'smir yigitning sof fitrati sizni ham o'ylab ko'rishga majbur qilmadimi?
  • ❤ 16
  • 👍 9
  • 🔥 3
More from @pro_aim
  1. Oct 11, 2026photo post
  2. Oct 11, 2026"Software is dead" deydi levelsio 😄 Endi hamma o'ziga kerakli software'ni AI bilan o'zi y…
  3. Oct 11, 20263D print zakazlar keldi.
  4. Oct 11, 2026Harness nima ekanini 24 daqiqada tushuntirib beradigan yaxshi video ekan. Claude Code va C…
  5. Oct 11, 2026RAG noto'g'ri javob bersa, ko'pincha LLM emas, retrieval aybdor ekan. O'xshash chunk degan…
  6. Oct 11, 2026Ollama vs vLLM vs SGLang. Uchchalasi ham open model'larni ishga tushiradi, lekin har biri…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →