20 yoshli Keyli sudga 6 yoshidan YouTube'da videolar ko‘rishni, 9 yoshidan esa Instagram'ga kirishni boshlaganini ma’lum qildi. U o‘zidagi bezovtalik va tushkunlikda kompaniyalarni aybladi.
Sud kontentni emas, aynan dizayn va algoritmlarni ko‘rib chiqdi — yakunda sudya platformalar odamni o‘ziga bog‘lab qo‘yish uchun atayin ishlab chiqilgan degan xulosaga keldi.
Endi Sukerberg qizga 2,1 million dollar, Google esa qo‘shimcha 900 000 dollar to‘lashi kerak. Bundan tashqari kompaniyalar yana qo’shimcha 3 million dollar jarima ham to‘lashlari kerak. Bu juda shov-shuvli ish bo‘lib, sudlarda shunga o‘xshash mingga yaqin da’vo arizalari mavjud.
📟 DigiTech
