🇺🇿 26-sentabr — Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni!
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, davlatimiz suvereniteti, konstitutsiyaviy tuzumi va hududiy yaxlitligini himoya qilish yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlarini kasb bayrami hamda soha tashkil etilganining 35 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.
Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda mustahkam iroda, kuch-g‘ayrat va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamisha osoyishta bo‘lsin!
🔹Telegram 🔹Instagram