🧠#BOSH_QOTIRMA
❓1519-yilda Ispaniyaning bir ekspeditsiyasi dunyo bo‘ylab sayohatni boshlagan. Ekspeditsiyaga beshta kema va 200 dan ortiq dengizchi qatnashgan. Sayohat davomida ular ochlik, isyon va okean bo‘ronlariga duch keladi. Ekspeditsiyaga boshchilik qilgan portugaliyalik dengizchi mazkur safar chog‘ida halok bo‘ladi, ammo uning jamoasi yo‘lni tugallab, tarixda birinchi marta Yerni aylanib chiqqan ekspeditsiya sifatida nom qoldiradi.
Savol: Ekspeditsiyaning rahbari kim bo‘lgan?
✔️Ushbu savolning javobini Xumoyun Uralov, Nusratillo, Mansur Jumatayev, Nasimjon hamda Azamat Ahmatovlar to'g'ri topishdilar o'quvchilarimizga topqirligi uchun omadlar tilaymiz, bundan keyin ham sizlarni topqirlik shukuhi tark etmasin.
✅Javob: Fernan Magellan. Uning o‘zi safar oxirigacha yetmagan — u Filippin orollarida vafot etgan. Ammo uning ekspeditsiyasi 1522-yilda Ispaniyaga qaytib kelib, Yerning sharsimon ekani va okeanlar o‘zaro tutashganini amaliy jihatdan isbotlagan.
✅@Postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Post #81030
586

- 👍 1