TGViewer
Channel Public Channel
polito.uz

polito.uz

@polito_uz

Official channel of Turin Polytechnic University in Tashkent

Apply at https://qabul.turin.uz
Website: https://turin.uz
Youtube: https://youtube.com/@turinpolytechnicuniversity
Instagram: https://www.instagram.com/turin_uz
Press Service: @TTPU_PRESSbot
Subscribers
6.38K
Photos
7.9K
Videos
653
Links
2.7K
Recent Posts 8 shown
Post #9881 374

Forwarded from Edu.uz

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun davlat granti tanloviga arizalar qabuli boshlandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son Farmoni bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq, respublikamizda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalariga ajratilgan maqsadli davlat grantlari uchun tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi.

📆 Arizalar 2026-yil 10-oktabrdan 17-oktabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

🌐 Arizalarni topshirish https://my.uzbmb.uz manzili orqali amalga oshiriladi.

👥 Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

🎓 Tanlovda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakliga qabul qilingan, davlat granti kvotalari ajratilgan ta’lim sohalarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov qanday o‘tkaziladi?

📝 Talabalar tegishli ta’lim yo‘nalishlari uchun belgilangan fanlar majmuasi bo‘yicha saralash imtihonlarida ishtirok etadi. Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.

☑️ Joriy yilda davlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida mos fanlar majmuasi bo‘yicha ishtirok etgan talabalar o‘zlari to‘plagan ballari bilan ham tanlovda qatnashishi mumkin.

🗓️ Davlat grantlari belgilangan minimal o‘tish balini to‘plagan talabalar orasidan ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda, ajratilgan kvotalar doirasida taqsimlanadi.

‼️ Muhim! Tanlovt natijasida davlat grantiga tavsiya etilgan talabalarga grant butun o‘qish davri uchun ajratiladi. Bunda grant olgan talabalar o‘qishni tamomlagach, belgilangan tartibda davlat yoki davlat ulushi mavjud tashkilotlarda kamida 3 yil ishlab berish majburiyatini oladi.

📌 Hurmatli talabalar!
Davlat granti tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lsangiz, 17-oktabr kuni yakuniga qadar my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishingiz mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 👍 4
  • 🔥 1
  • 🙏 1
Post #9880 1.17K
🎓 Hurmatli talabalar!

aileaders.uz platformasi orqali “Google Gemini AI Plus” obunasini bepul faollashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishing.

Yo‘riqnoma obunani faollashtirish bosqichlari bilan tanishish va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishni boshlashga yordam beradi.

⛓ Platforma: https://aileaders.uz/


🎓 Dear Students!

Learn how to activate your Google Gemini AI Plus subscription for free through the aileaders.uz platform by following the provided instructions.

This guide will help you understand the activation steps and get started with the powerful capabilities of artificial intelligence.

⛓ Platform: https://aileaders.uz/

Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube
  • 👍 4
  • ❤ 3
Post #9879 1.23K

Forwarded from Rustam Karimjonov

Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.

✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi SheerID 🇺🇿 O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.

🏳️‍🌈Bu orqali talabalarimiz Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, 60 dollarga teng 1 yillik “Google Gemini AI Plus” xizmatidan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

❓“Google AI Plus” obunasi talabalarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi:

✅ Gemini ilovasi: Foydalanish limitlari ikki barobarga oshadi va ilg‘or “Flash Thinking ” modeliga kirish imkoniyati beriladi.

✅ 400 GB bulutli xotira: Google Foto, Disk va Gmail xizmatlari uchun umumiy katta hajmdagi xotira ajratiladi.

✅ Google Flow: Ilg‘or generativ modellar yordamida kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratish uchun AI-studiyaga qo‘shimcha kirish taqdim etiladi.

✅ Gmail’da Gemini: Pochta xizmatining o‘zida Gemini’dan bevosita foydalanish imkoniyati yaratiladi.

✅ Gemini Notebook: Tadqiqot yordamchisi funksiyalariga, jumladan, audio va video materiallarni qayta so‘zlab berish, testlar ishlash va boshqa imkoniyatlarga qo‘shimcha kirish beriladi.

✅ Sun’iy intellektga asoslangan musiqiy studiyaga qo‘shimcha kirish imkoniyati ochiladi.


🤖 Hurmatli talabalar, vaqtingizni bekorchi narsalarga sarflamang, Sun'iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanib yuqori daromad kasb egasi bo’ling. Buning uchun aileaders.uz platformasida jahonning yetakchi kompaniyalarining 100 dan ortiq xalqaro SI kurslarni bepul o'rganing!


🧭 Sun'iy intellekt texnologiyalarini o’rganib o’z oldingizga yuqori maqsad qo’ying, SI yordamida o'z start-up loyihalaringizni boshlang startupbase.uz

❤ https://t.me/rkarimjonov
  • ❤ 6
  • 👍 6
  • 🤩 3
  • 🔥 2
Post #9878 1.54K
🤖 TTPU talabalari — jahon sahnasida!

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari O‘zbekiston robototexnika jamoasi tarkibida Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o‘tkazilayotgan “FIRST Global Challenge” Robototexnika bo‘yicha jahon chempionatida ishtirokini boshladi.

Yosh muhandislarimiz xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini himoya qilib, robototexnika sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etmoqda.

🎓TTPU jamoasi talabalarimizga jahon chempionatida omad va yuqori natijalar tilaydi!



🤖 TTPU Students — On the Global Stage!

Students of Turin Polytechnic University in Tashkent have joined the Uzbekistan national robotics team and started competing at the “FIRST Global Challenge” Robotics World Championship in Incheon, South Korea.

Our young engineers are representing Uzbekistan on the international stage, demonstrating their knowledge and practical skills in robotics.

🎓
The TTPU community wishes our students the best of luck and outstanding results at the World Championship!


Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube
  • ❤ 12
  • 🔥 8
  • 🎉 2
  • 🤩 2
  • 👍 1
Post #9877 1.74K
🚀 Huawei ICT Competition 2026–2027

AI, Cloud, Networking, Computing va boshqa ICT yo‘nalishlariga qiziqadigan talabalar uchun Huawei ICT Competition 2026–2027da ishtirok etish imkoniyati!

Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z bilim va texnik ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish, xalqaro miqyosdagi iqtidorli talabalar bilan bellashish hamda yangi tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

O‘tgan yili musobaqada 100 ta mamlakat va hududdan 220 000 dan ortiq talaba va o‘qituvchi ishtirok etdi. O‘zbekistonlik talabalar ham Practice Competitionda sovrinli natijalarni qayd etishdi.

📆 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati — 2026-yil 31-oktabr.

👉 RO‘YXATDAN O‘TISH: Huawei ICT Competition

🎓 TTPU talabalari, xalqaro maydonda o‘z bilim va ko‘nikmalaringizni namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!



🚀 Huawei ICT Competition 2026–2027

The Huawei ICT Competition 2026–2027 offers students interested in AI, Cloud, Networking, Computing, and other ICT fields an opportunity to participate in an international competition.

Participants will have the opportunity to test their knowledge and technical skills, compete with talented students from around the world, and gain valuable new experience.

Last year, more than 220,000 students and teachers from 100 countries and regions participated in the competition. Students from Uzbekistan also achieved prize-winning results in the Practice Competition.

📆 Registration deadline — October 31, 2026.

👉 REGISTER NOW: Huawei ICT Competition

🎓
TTPU students, don’t miss the opportunity to showcase your knowledge and skills on the international stage!


Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube
  • 👍 5
  • 🙏 2
  • ❤ 1
  • 🔥 1
Post #9871 1.69K
✈️ STEAM PLAZA SCHOOL va TTPU — aviatsiya yo‘nalishida yangi hamkorlik!

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va STEAM PLAZA SCHOOL o‘rtasida aviatsiya yo‘nalishida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Hamkorlik doirasida o‘quvchilar uchun o‘zaro tajriba va bilim almashish, yangi ta’lim imkoniyatlarini yaratish hamda aviatsiya sohasida amaliy loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Ushbu hamkorlik yoshlarning aviatsiya sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning kelajakdagi ta’limi va kasbiy rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

🎓TTPU va STEAM PLAZA SCHOOL o‘rtasidagi ushbu hamkorlik kelajakdagi yosh muhandislarni qo‘llab-quvvatlash va ularni zamonaviy kasblarga tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamdir.



✈️ STEAM PLAZA SCHOOL and TTPU — New Partnership in Aviation!

Turin Polytechnic University in Tashkent and STEAM PLAZA SCHOOL have signed a cooperation agreement in the field of aviation.

The partnership aims to facilitate the exchange of knowledge and experience, create new educational opportunities for students, and implement practical projects in the aviation sector.

This collaboration will help increase young people’s interest in aviation and create new opportunities for their future education and professional development.

🎓
The partnership between TTPU and STEAM PLAZA SCHOOL marks an important step toward supporting future young engineers and preparing them for modern careers.


Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube
  • ❤ 7
  • 👍 4
  • 🔥 2
  • 👏 1
  • 🎉 1
  • 🤩 1
Post #9870 1.5K
🔐KIBERXAVFSIZLIK — HAR BIRIMIZNING MAS’ULIYATIMIZ!

Hurmatli TTPU xodimlari va talabalari!

Shaxsiy ma’lumotlaringiz va akkauntlaringizni himoya qilish uchun:

💫 Har bir akkaunt uchun alohida va kuchli parol ishlating.
💫 Muhim akkauntlarda 2FAni yoqing.
💫 Parol va SMS-kodlarni hech kimga bermang.
💫 Shubhali havolalarni bosmang va noma’lum fayllarni yuklab olmang.
💫 Akkauntlaringizdagi faol sessiyalar va qurilmalarni muntazam tekshiring.
💫 Qurilma va ilovalarni doimo yangilab boring.

Fishing hujumlaridan ehtiyot bo‘ling! Firibgarlar bank, universitet yoki mashhur servislar nomidan soxta xabarlar yuborishi mumkin.

⚠️ 2FA yoqing. Parolingizni himoya qiling. Shubhali havolalarni ochmang.

Turin politexnika universiteti
Axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik boshqarmasi


🔐 CYBERSECURITY — EVERYONE’S RESPONSIBILITY!

Dear TTPU staff and students,

To protect your personal information and accounts:

💫 Use a unique and strong password for each account.
💫 Enable 2FA on important accounts.
💫 Never share your passwords or SMS codes with anyone.
💫 Do not click suspicious links or download files from unknown sources.
💫 Regularly check active sessions and connected devices on your accounts.
💫 Keep your devices and applications up to date.

Beware of phishing attacks! Fraudsters may send fake messages impersonating banks, universities, or popular services.

⚠️
Enable 2FA. Protect your passwords. Never open suspicious links.

Turin Polytechnic University in Tashkent
Department of Information Technologies and Cybersecurity

Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube
  • ❤ 5
  • 👍 3
  • 🔥 1
  • 🙏 1
Post #9861 1.91K
🚀 TTPU talabalari TEKNOFEST festivalida!

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti talabalari Turkiyada o‘tkazilgan TEKNOFEST xalqaro texnologiyalar festivalida O‘zbekiston nomidan ishtirok etdi.

Bu yil TEKNOFESTda O‘zbekistondan ishtirok etgan yagona universitet sifatida TTPUga festival hududida maxsus stend ajratildi. Stendimizda universitetimizning muhandislik, aerokosmik texnologiyalar, robototexnika va innovatsion loyihalari namoyish etildi.

Festival davomida talabalarimiz o‘z loyihalarini xalqaro ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilarga taqdim etib, turli mamlakatlardan kelgan yosh muhandislar, tadqiqotchilar va texnologiya vakillari bilan tajriba almashdi.

TEKNOFEST kabi xalqaro platformalarda ishtirok etish TTPU talabalariga o‘z loyihalarini xalqaro maydonda namoyish etish, yangi hamkorliklar o‘rnatish va O‘zbekistonning muhandislik salohiyatini targ‘ib qilish imkonini beradi.

🎓TTPU — bilimdan amaliyotga, g‘oyadan real loyihaga!



🚀 TTPU Students at TEKNOFEST!

Students of Turin Polytechnic University in Tashkent (TTPU) represented Uzbekistan at TEKNOFEST, Türkiye’s international technology and innovation festival.

This year, TTPU was the only university from Uzbekistan participating in TEKNOFEST and was provided with a dedicated exhibition booth at the festival. At the booth, our students presented the university’s projects in engineering, aerospace technologies, robotics, and innovation.

Throughout the festival, TTPU students showcased their projects to international participants and visitors while exchanging knowledge and experience with young engineers, researchers, and technology professionals from around the world.

Participation in international platforms such as TEKNOFEST gives our students an opportunity to present their work on a global stage, build new partnerships, and promote Uzbekistan’s growing engineering and technology potential.

🎓
TTPU — from knowledge to practice, from ideas to real projects!


Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube
  • ❤ 13
  • 👍 4
  • 🔥 4
  • 🤩 3
Older posts →

About this channel

How can I read @polito_uz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for polito.uz: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does polito.uz have?
polito.uz (@polito_uz) has 6.38K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does polito.uz know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →