TGViewer
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi @pmm_uz · 4.21K subscribers
Post #2907 589

Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda yoshlar, o‘quvchi va talabalarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularning dardini eshitish, sifatli ta’lim olishi uchun yanada yaxshi sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Bola bog‘chaga borishi, o‘quvchi maktabda puxta bilim olishi, talaba esa egallagan bilimi va kasbi bilan hayotda o‘z o‘rnini topishi kerak. Shu maqsadda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni kasbga tayyorlash va ilm-fanga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

O‘qituvchining jamiyatdagi obro‘si va nufuzini yuksaltirish, uning mehnati qadrlanishi, o‘z ustida ishlashi va bor e’tiborini ta’limga qaratishi uchun munosib sharoit yaratish ham muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi.

Erkinjon Turdimov muammolarni sanab o‘tish bilan cheklanmasdan, har biri bo‘yicha amaliy yechim qilish zarurligini ta’kidladi. Xodimlarga o‘quvchi, talaba va pedagog hayotida ijobiy o‘zgarish beradigan aniq takliflar tayyorlash vazifasi qo‘yildi.
  • ❤ 5
  • 🎉 1
More from @pmm_uz
  1. Oct 16, 2026Post #2934
  2. Oct 16, 2026#Pedagoginfo_bot 😀😀😀😀 📣 PEDAGOGLAR UCHUN YANGI QULAYLIK! ⚡️ Attestatsiya bo‘yicha sav…
  3. Oct 16, 2026Post #2932
  4. Oct 15, 2026Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi pinned «»
  5. Oct 15, 2026Post #2929
  6. Oct 15, 2026Post #2924
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →