✅ Xabaringiz bor, 2025-yilning aprel-may oylarida o‘tkazilgan attestatsiya sinovlarida tarix fanidan keltirilgan bir savol javobi bo‘yicha pedagoglar o‘rtasida e’tiroz paydo bo‘lgan edi.
➖ Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazida mazkur masala yuzasidan tarixchi olimlar ishtirokida muhokama va suhbatlar tashkil etildi.
🔰 Ekspertlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ham taklif etilib, ularning fikr-mulohazalariga quloq tutildi.
Natijada, bahs-munozalarga sabab bo’lgan savol mazmunida ilmiy talqinlar o‘rtasida tafovut mavjudligi, savol tuzilishida aniqlashtirish zarurati borligi sababli pedagog kadrlarning manfaatlarini inobatga olgan holda, testda ushbu savol tushgan pedagoglarning attestatsiya natijalariga tegishli o‘zgartirish kiritish maqsadga muvofiq, deb topildi.
🔰 Bunda ushbu test savol uchun bir nechta javob variantlarni (A) Langobardlar, B) Vestgotlar) to‘g‘ri deb qabul qilinishi hamda o‘quv adabiyotlari mazmunini aniqlashtirish bo‘yicha ilmiy-metodik ishlar tashkil etilishini ma’lum qilamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | Website