TGViewer
Plossla Plossla @plossla · 8.4K subscribers
Post #5949 4.36K
So‘nggi paytlarda O‘zbekiston fuqarolarining ayrim davlatlardagi xatti-harakatlari sababli vizalar va immigratsiya nazoratiga oid xavotirlar kuchayayotgani haqida xabarlar chiqmoqda.

Latviya Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga vizalar berishni vaqtincha to‘xtatish taklifini bir necha kun oldin taklif qildi. Vazirlikning rasmiy saytida e’lon qilingan. Sabab sifatida O‘zbekiston fuqarolari Latviyaga kelganidan qisqa vaqt o‘tib bir nechta jinoyat sodir etgani, jumladan voyaga yetmaganlarga qarshi jinoyatlar qayd etilgan

Yaponiyada ham shunday jinoiy vaziyat ko'zatildi yaqinda

Koreyadan ham allaqachon umidni uzsak ham bo'ladi

Boshqa madaniyatga borish o‘z qadriyatlaringizdan voz kechish degani emas, albatta. Ammo boshqalarning e’tiqodi, dunyoqarashi va turmush tarzini hurmat qilishni bilish kerak. "Bularni sig'inayotganini ko'rib, musulmonligimdan faxrlanib ketdim" degan videolar chiqib qoladi. Bunaqa deyishni o'zi o'zini boshqalardan ustun ko'rish, ularni qarashini hurmat qilmaslik bilan teng.

Bizda shu turli xillikka moslashish, tolerantlik, boshqalarni qarashini hurmat qilish yaxshi shakllanmagan. Boshqa narsaga sig'inayotgan yoki ateistni ko'rib qolsa, shaytonlab qoladi. Chunki ichki tolerantlik shakllanmagan.

Tolerantlik - boshqacha fikrlaydigan, boshqa dinga e’tiqod qiladigan yoki umuman dindor bo‘lmagan odamning ham o‘z qarashiga ega bo‘lish huquqini hurmat qilish.

Bu ko‘nikma bolalikdan shakllanishi kerak. Chunki boshqa madaniyatga tushib qolgan odam o‘z jamiyatida odatiy bo‘lgan qarashlar butun dunyoda ham odatiy emasligini ko‘radi.

Xullas, chet elga chiqqanda shuni yodda tutaylik: sizning har bir harakatingiz faqat siz haqingizda emas, siz kelgan jamiyat haqidagi tasavvurga ham ta’sir qiladi

Shuning uchun qayerda bo‘lishimizdan qat’i nazar, hurmatli, mas’uliyatli va madaniyatlar xilma-xilligiga ochiq bo‘lishimiz kerak.

(c) Neomind

@plossla
  • 🔥 76
  • ❤ 19
  • 👍 9
  • 🤝 5
  • ⚡ 4
  • 💯 2
  • 🫡 1
More from @plossla
  1. Oct 9, 2026Sen bir maxluqni ko’rmagin ekanda @plossla
  2. Oct 9, 2026Foxishalar: -*mim bor, nima g'amim bor? Aytishniklar: -Claude padpiskam bor, nima g'amim b…
  3. Oct 5, 2026Я тебя могну @plossla
  4. Oct 5, 2026Biror tilni o'rgatayotganda sertifikat ola bilish bilan birga o'sha tilda gaplashuvchi jam…
  5. Oct 5, 2026@plossla
  6. Oct 2, 2026E'tibor bermang. Shunchaki damas sovuqda qolib xo'jayinidan uyga kiritishni iltimos qilyap…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →