Qadrli ustozlar!
Siz, azizlarni, o‘z hayotingizni sharafli va mashaqqatli kasbga bag‘ishlagan barcha olijanob muallimlarimizni umummilliy bayram – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Sizlarning jamiyatimiz taraqqiyoti va kelajak avlod taqdiri yo‘lidagi zahmatingiz, mehr va sabr-toqatingiz, mehnatingizning yuksak qadr-qimmatini chuqur e’tirof etamiz.
Sizlarning beqiyos xizmatlaringiz orqali yurtimizda barcha bolalar, jumladan nogironligi bo‘lgan farzandlar ham munosib tarbiya va munosib kelajakka ega bo‘lmoqda.
Barchangizga sog‘liq-salomatlik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, ezgu ishlaringizda yangi zafarlar tilayman.
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
@pingpong_dev
Post #289
1.26K

- 🔥 3