🌍World Scholars Cup – Milliy Bosqich E’loni 🇺🇿
Hurmatli o‘quvchilar va ota-onalar,
World Scholars Cup musobaqasining Milliy bosqichi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlanganini ma’lum qilamiz.
📌 Ishtirok etish to‘lovi: 600 000 so‘m
📅 To‘lov muddati: 7-mart (2 kun ichida)
😊 Ko’proq ma’lumot uchun: @franoxonjk
Ishtirokingizni tasdiqlash uchun to‘lovni belgilangan muddatdan kechiktirmasdan amalga oshirishingizni so‘raymiz. Kechiktirilgan to‘lovlar qabul qilinmasligi mumkin.
World Scholars Cup — bu nafaqat musobaqa, balki o‘z ustingizda ishlash, ingliz tilini, debat va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, hamda maktabimiz sha’nini himoya qilish imkoniyatidir. Bu jarayon sizga unutilmas tajriba, yangi do‘stlar va katta motivatsiya beradi.
Keling, birgalikda yana bir muvaffaqiyatli bosqich sari qadam tashlaylik! ✨
Post #150
330

- ❤ 2
- 🔥 2
- 💋 1