🔘Hammasi qanday boshlangan?
Gulzoda Sultonova rivojlanishida o‘ziga xosliklarga ega ikki farzandning onasi. Hammasi u farzandlariga uyda taom tayyorlashni o‘rgatib, ularning yutuqlarini ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishishidan boshlangan. Vaqt o‘tib, Gulzodaga boshqa oilalar ham qo‘shila boshladi.
🔘Tashabbus
Bu hikoya bilan biz Sinov Muddatining ikkinchi mavsumida tanishdik. Realiti ishtirokchilaridan biri bu haqda hakamlar hay’atiga so‘zlab berdi. Shou davomidayoq Paynet CPTO’si Muzaffar Kamilov Instagram yuritish, kurslar va reklama bo‘yicha yordam berishni taklif qildi.
🔘Yangi kasb sari
Qo‘llab-quvvatlash bu bilan yakunlanmadi. Biz maxsus ishlab chiqarish sexini jihozladik. Bugun bu yerda rivojlanishida o‘ziga xosliklari bo‘lgan yoshlar mamlakatning yetakchi qandolatchilari bilan birga nonvoylik va qandolatchilik sirlarini o‘rganmoqda.
Imkaan’ning ilk pishiriqlarini biz ham intizorlik bilan kutmoqdamiz. Tez orada ularni siz ham tatib ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi ❤️
На русском языке читайте в комментариях
