Ikkita ishchi haqidagi eski latifa.
Bir ishchi xo'jayiga savol berdi:
-Xo‘jayin! nima uchun menga atigi besh tiyin, ivanga esa besh so‘m to‘laysiz?
Xo‘jayin derazaga qarab gapirdi:
-Qarachi, kimdir kelyapti. Oldimizdan pichan olib o‘tishyapti shekilli.
Ishchi borib kelib, aytdi:
-Rostdan ham, xo‘jayin. Pichan olib ketishyapti.
-Qayerdan o‘rilganini bilmaysanmi? Semenov o‘tloqlaridan emas ekanmi?
-Bilmadim.
-Bor, bilib kel!
Ishchi borib qaytdi:
-Xo‘jayin, to‘g‘ri aytibsiz. Semenovdan ekan.
-Birinchi yig‘imdan ekanmi, yoki ikkinchi bilmadingmi?
-Bilmadim.
-Bor, bilib kel!
Ishchi borib qaytdi:
-Xo‘jayin! birinchi yig‘imdan ekan!
-Narxi qancha ekan?
-Bilmadim.
-Borib bilib kel-chi.
Ishchi borib qaytdi:
-Besh so‘mdan ekan.
-Arzonroq bermas ekanmi?
-Bilmadim.
Shu payt Ivan kirib keldi va gapirib ketdi:
-Xo‘jayin! Oldimizdan Semenovning birinchi yig‘imidan o‘rilgan pichanni olib o‘tishayotgan ekan. Besh so‘m so‘rashdi. Tashib berish bilan 3 so‘mga savdolashib, kelishdim. Hovliga tushirishyapti.
Xo‘jayin birinchi ishchiga qarab aytdi:
-Endi tushundingmi, nega senga besh tiyin, Ivanga esa besh so‘m to‘lashimizni?
Post #306
14.7K

- 😁 412
- 👍 83
- ❤ 41
- 🔥 31
- 💯 10