🟢 Ish grafigi: 08:30 – 17:00, 5/2
🟢 Oylik maosh: 7 000 000 - 12 000 000
🟢 Sizdan kutiladi:
Quyidagi yo‘nalishlardan kamida bittasini yaxshi bilishingiz kerak:
DTM va davlat universitetlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish va o‘quvchilarga yo‘nalish va universitet tanlashda maslahat bera olish
TOP universitetlarga tayyorlash jarayonlarini tushunish va o‘quvchilarga strategiya tuzishda yordam berish
Portfolio mentorlik – o‘quvchilar portfoliolarini top 50 universitetlarga tayyorlash
Yevropa universitetlari qabul jarayonlari haqida bilim va ariza topshirishda yordam bera olish
Korea, Yaponiya va Xitoy universitetlari qabul jarayonlarini tushunish va o‘quvchilarga maslahat bera olish
🟢 Asosiy talablar
Ingliz tilini bilish (B2 yoki C1 daraja bo’lsa, afzal)
Universitetlarga topshirish jarayonlarini tushunish
Portfolio, hujjatlar va ariza topshirish jarayonida yordam bera olish
Mas’uliyatli va kommunikativ bo‘lish
Jamoa bilan ishlash qobiliyati
🟢Biz taklif qilamiz
Rasmiy faoliyat: Mehnat kodeksiga muvofiq to‘liq shartnoma va kafolatlangan ta’til.
Barqaror daromad: Oyda 2 marta maosh olish — avans va oylik (barqarorlik kafolatlanadi).
Karyera o'sishi: Har o'quv yili natijalarga qarab oshirib boriladigan ish haqi.
Ijtimoiy himoya: Oylik saqlanadigan kasallik ta'tillari.
Work-life balance: Ish vaqtidan so‘ng xodimlar ma’muriyat tomonidan bezovta qilinmaydi. Dam olish kunlari: shanba va yakshanba.
Sog‘lom ovqatlanish: Maktab hisobidan 50% qoplanadigan tushlik (vitamin va minerallarga boy menyu).
Rivojlanish: Muntazam ravishda maktab asoschilari tomonidan o'tkaziladigan treninglar va professional mahorat darslari.
🟢 Ishga kirish uchun: — Arizangizni ushbu bot orqali yuboring: @rahimovschool_jbot
🟢 Bizdagi vakansiyalarni kuzatib boring — @talim_ber
