TGViewer
Parallel muhit data Parallel muhit data @paramdata · 9.49K subscribers
Post #123 32.1K
Ko’zlarim ko’rmas edi.

Kambag’al shaharning eski maktabida o’qirdim.

Bir burchakda o’tirardim. Bildirmay kelib, indamay chiqib ketar edim.

O’rtoqlarim yo’q. Borligim bilinmas edi.

Bir kuni sinfimizda sichqon ovozi eshitilib qoldi. Hamma qo’rqib ketdi. Baqir-chaqir boshlandi.

Shunda ustozimiz hammani tinchlantirib, bitta gap gapirdi:

-Bolalar, hammamiz jimamiz. Stivning qulog’i zo’r eshitadi. U hozir bizga sichqonni qayerdaligini topib beradi. Qani bolajonim Stivi, eshitib, ayting, sichqon qayerda?


Umrimda bunchalik hayajon tuymagan edim. Mening borligimni sezishdi. Men kerak bo’ldim. Nahot-ki menda ham iqtidor bor? o’ylashni boshladim. Butun vujudim quloqqa aylandi. Sichqonni qayerdaligini topib berdim.

O’sha kundan men o’zgardim. O’zimga ishonch paydo bo’ldi. Tinglash qobilyatim hammanikidan kuchli ekanligini tushundim.

Bugungi holatimga o’sha voqea sababchi.

XX asrning eng ta’sirli qo’shiqchisi Stivi Uander.
  • ❤ 333
  • 👍 100
  • ❤‍🔥 68
  • 🔥 38
  • 🤩 17
More from @paramdata
  1. Oct 1, 2026photo post
  2. Oct 1, 2026photo post
  3. Oct 1, 2026photo post
  4. Oct 1, 2026photo post
  5. Sep 29, 2026photo post
  6. Sep 29, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →