General-mayor Tohir Mullajonov 76 yoshda — tavallud ayyomingiz muborak!
Iste’fodagi general-mayor Tohir Oxunovich Mullajonov 1950-yil 10-oktabrda tug‘ilgan. Tibbiyot bilim yurtini tamomlab, dastlab feldsher bo‘lib ishlagan. Ichki ishlar organlarida xizmat qilish orzusi uni Toshkent oliy militsiya maktabiga yetaklagan.
Ko‘p yillik faoliyati davomida Qo‘qon shahar IIB boshlig‘i, IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari va boshlig‘i, Farg‘ona, Jizzax, Buxoro hamda Namangan viloyatlari IIB boshlig‘i lavozimlarida xizmat qilgan. Keyinchalik ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, IIV Akademiyasi boshlig‘i va IIV Toshkent oliy harbiy bilim yurti boshlig‘ining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Pensiyaga chiqqach ham xalq xizmatini davom ettirib, Prezidentning Jizzax viloyati va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari mudiri lavozimlarida ishlagan. Bugun IIV Akademiyasida yoshlarga ustozlik qilib, boy hayotiy va kasbiy tajribasini ulashib kelmoqda.
Tavallud ayyomi munosabati bilan hurmatli ustozga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik va shogirdlari kamolini ko‘rib yurishni tilaymiz!
Post #472
462