General bo‘l, bolam…
Feldsherlikdan generallikkacha — tajriba va ibratga boy umr. Iste’fodagi general-mayor Tohir Oxunovich Mullajonov dastlab tibbiyot bilim yurtini tamomlab, feldsher bo‘lib ishlagan. Ichki ishlar organlarida xizmat qilish orzusi esa uni Toshkent oliy militsiya maktabiga yetaklagan.
Ko‘p yillik faoliyati davomida IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari va boshlig‘i, Farg‘ona, Jizzax, Buxoro hamda Namangan viloyatlari IIB boshlig‘i lavozimlarida xizmat qilgan. Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, IIV Akademiyasi boshlig‘i, IIV Toshkent oliy harbiy bilim yurti boshlig‘ining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. Keyinchalik Prezidentning Jizzax viloyati va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalariga rahbarlik qilgan.
Yetti yoshida otasidan ayrilgan Tohir Mullajonov uning halollik, intizom va insonlarning vaqtini qadrlash haqidagi o‘gitlarini hayotiga mezon qilib olgan. Xizmatda ham talabchanlik, adolat va mas’uliyatni ustuvor bilgan.
Bugun u IIV Akademiyasida yoshlarga ustozlik qilib, hayot va xizmat saboqlarini bo‘lajak xodimlar bilan baham ko‘rmoqda. Yosh avlodga tavsiyasi esa sodda va hayotiy: qiyinchilikdan chekinma, o‘rganishdan to‘xtama, o‘zingdan keyin munosib shogird qoldir.
Andijon viloyati, 2026-yil 6-oktabr.
Post #457
1.1K



- 🔥 8
- 👍 6