🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ta’lim muassasalari pedagog xodimlari va talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!
🗣Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
🔹1) Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi;
🔹2) Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra;
🔹3) Eng yaxshi tyutor;
🔹4) Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi;
🔹5) Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi.
✅Tanlov g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇BHMning 45 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥈BHMning 40 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥉BHMning 35 barobari miqdorida pul mukofoti;
📌 Batafsil tanlov nizomi
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar joriy yilning 15-oktabr sanasiga qadar oliygohlardagi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram