TGViewer
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY @otmsamvmi · 5.91K subscribers
Post #60683 502
#Targʻibot_2026-2027

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti dekani V.Do‘skulov hamda Veterinariya sanitariya ekspertizasi kafedrasi mudiri F.Ibragimov tomonidan Xorazm viloyati Xiva tumanidagi “Yashil texnikum”da (sobiq qishloq xo‘jaligi texnikumi) va 32-umumiy oʻrta taʼlim maktabida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilarga universitetda mavjud ta’lim imkoniyatlari, ta’lim yo‘nalishlari, ushbu sohalarning istiqbollari hamda mutaxassislarning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarni kasbga yo‘naltirish, ularning sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirish va oliy ta’limga qamrab olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
  • ❤ 2
  • 👍 2
More from @otmsamvmi
  1. Oct 17, 2026APK viruslar endi sizga xavf sola olmaydi va kartangizdan pul oʻgʻirlanmaydi! Buning uchun…
  2. Oct 17, 2026#TTJ_faoliyati #TADBIR |“Samarqand shahri kuni” 🎉 18-oktabr — Samarqand shahri kuni! 🗓 J…
  3. Oct 17, 2026#TTJ_faoliyati #TADBIR |“Samarqand shahri kuni” 🎉 18-oktabr — Samarqand shahri kuni! 🗓 J…
  4. Oct 17, 2026“Milliy kitobxonlik harakati” — mutolaa, bilim va 50 ming dollar mukofot Yoshlar ishlari a…
  5. Oct 17, 2026#XALQARO_KONFERENSIYA 🌍Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada. ✅2026-yil 15-oktabr kuni Qirg…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →