☑ Ilmiy-tadqiqot ishlari
SamDVMCHBU Veterinariya jarrohligi va akusherlik kafedrasi dotsenti v.b., (PhD) S.A. Haydarova rahbarligida magistrant M.O. Qahhorov tomonidan “Otlarda yiringli jarohatlarning tarqalishi va davolashni takomillashtirish” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
✔️ Tadqiqot O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Samarqand viloyati “Chavandozlar maktabi”dagi otlarda uchraydigan jarrohlik kasalliklarining oldini olish va jarohatlarni zamonaviy hamda samarali usullar yordamida davolash choralarini takomillashtirishga qaratilgan.
💹 Jarohatlangan otlardan klinik holatiga ko‘ra qon namunalari olinib, ularning gematologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlari laboratoriya sharoitida chuqur tahlil qilinmoqda.
📌 O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida otlardagi yiringli jarohatlarni davolash muddatini qisqartirish, ularning asoratlarini oldini olish hamda amaliyotga samarali davolash usullarini joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.
🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati
🌐 Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
Post #60662
365






- 👍 1