TGViewer
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY @otmsamvmi · 5.91K subscribers
Post #60608 268
🌾 15-OKTABR — XALQARO QISHLOQ AYOLLARI KUNI

Joriy yilning 15-oktabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida Xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi, rektor maslahatchisi V.J.Jamoliddinova tashabbusi bilan 15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Axborot texnologiyalari, tabiiy va aniq fanlar kafedrasi mudiri L.U.Safarova, O‘simlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish kafedrasi qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Z.K.Muminova, Lider qizlar klubi va Qizlarjon klubi rahbarlari hamda fakultet dekan maslahatchilari ishtirok etdilar.

Davra suhbati davomida qishloq ayollarining jamiyat hayotidagi o‘rni, qishloq xo‘jaligi rivojiga qo‘shayotgan hissasi, ularning mehnatini qadrlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yosh qizlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐 Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
  • 👏 2
  • 👍 1
More from @otmsamvmi
  1. Oct 16, 2026#Kafedra_haftaligi #pazandachilik ✅“Qizlar – millat tayanchi” 2026-yil 16-oktabr kuni Sama…
  2. Oct 16, 2026“Muvaffaqiyat sari yo‘l” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi 2026-yil 16-oktabr kuni Samarq…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →