TGViewer
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY @otmsamvmi · 5.91K subscribers
Post #60541 652

Forwarded from OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI QO'MITASI

✅ 16 oktabr — Butunjahon oziq-ovqat kuni

🛡 Oziq-ovqat xavfsizligi — inson salomatligi, farovon hayot va barqaror taraqqiyot kafolati. Oziq-ovqat tizimining barqarorligini ta’minlash strategik ahamiyatga ega vazifadir.

🇺🇿 O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini oshirish va milliy nazorat tizimini xalqaro talablarga muvofiq takomillashtirishga qaratilgan islohotlardan biri oziq-ovqat, fitosanitariya, veterinariya sohalarining birlashtirilishi bo‘lib, Prezidentning “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya sohalarida yagona davlat boshqaruvi va nazorat tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF–84-son Farmoniga ko‘ra huquqiy asos yaratildi va Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etildi.

✅ Yangi tizimning asosiy maqsadi — mahsulot xavfsizligini faqat yakuniy nazorat bilan cheklamasdan, uni yetishtirishdan tortib iste’molchi dasturxonigacha bo‘lgan barcha bosqichlarda ta’minlashdir. Bunda:

✅ oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini xavf-xatarlarni baholash asosida nazorat qilish;

🔬 laboratoriya nazoratini takomillashtirish va mahsulotlardagi pestitsid qoldiqlarini aniqlash imkoniyatlarini kuchaytirish;

✅ mahsulotlarning kelib chiqishi va harakatini kuzatish tizimini rivojlantirish;

✅ xalqaro standartlar, jumladan, HACCP va Codex Alimentarius talablarini joriy etish;

🖥 raqamlashtirish orqali nazorat jarayonlarining samaradorligi va shaffofligini oshirish;

✅ tadbirkorlarga ortiqcha ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish hamda eksportbop mahsulotlar yetishtirishni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

✅ Chora-tadbirlar nafaqat iste’molchilar salomatligini himoya qilish, balki O‘zbekiston mahsulotlarining xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirishga ham xizmat qiladi.

2026-yil 6-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dun’yuy tomonidan tashkilotning oliy mukofoti — "Agricola" medali topshirildi.

✔️ Ushbu mukofot davlat rahbarining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va suv resurslarini boshqarish yo‘nalishlaridagi tashabbuslari hamda erishilgan natijalar e’tirofi sifatida taqdim etildi.

🤩 Bu e’tirof O‘zbekistonda agrar soha va oziq-ovqat xavfsizligi yo‘nalishlarida olib borilayotgan islohotlarni xalqaro hamkorlik bilan uyg‘unlashtirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va sohani yanada rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

🟦 Bugungi islohotlardan ko‘zlangan maqsad — har bir xonadon dasturxoniga xavfsiz mahsulot yetib borishini ta’minlash, ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha bo‘lgan zanjirda mas’uliyatni oshirish va barqaror oziq-ovqat tizimini shakllantirishdir.

🌎Veb-sayt 🌐Telegram
💬Facebook 📷 Instagram
📺Youtube ✖Twitter
  • ❤ 4
  • 👍 2
More from @otmsamvmi
  1. Oct 16, 2026#Aprobatsiya 😎SamDVMCHBU Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi v.b Profe…
  2. Oct 16, 2026🎓 UNIVERSITET IMKONIYATLARI BILAN YAQINDAN TANISHUV Samarqand davlat veterinariya meditsi…
  3. Oct 16, 2026📊 “YOSH MENEJERLAR” TO‘GARAGINING ILK UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI 📅 2026-yil 15-oktabr kuni…
  4. Oct 16, 2026📣2025 yil 21-oktyabr kuni soat 15:00 da (SamVMCHBU, 6-bino, 693-xonada) Samarqand davlat…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →