TGViewer
Otabek Nurmuhammad Otabek Nurmuhammad @otabek_nurmukhammad · 891 subscribers
Post #1069 2.59K
Oldindan qilib kelgan, ammo yaxshiroq qila olmagan odatim bu tanlash ekan.

Restoranga kirganda uzoq vaqt "Nima yesam ekan? Nimani istayapman o‘zi?" deb xayol qilamiz, ovqatlarni ichidan sarasini va ko‘nglimiz istayotganini tanlaymiz.

Do‘kondan buyum xarid qilayotganda “Yarashdimikan? Rangi to‘g‘ri keldimikan?” deya savol berib o‘zimizga ma’qulini topishga harakat qilamiz.

Qiziq tomoni biz yo‘qolib ketuvchi, eskiruvchi narsalarni juda qattiq va o‘ylanib tanlaymiz.

Do‘st yoki hamkasb tanlayotganda “Shu insonga o‘xshashga rozimanmi? Butun umr vaqt o‘tkazishga tayyormanmi?” demaymiz.

Kasb tanlayotganda “Katta maosh to‘lamasa ham maza qilib ishlaymanmi? O‘zi qiziqamanmi?” demaymiz.

Tanlaganlarimizni har bir ishimizda ta’siri bor. Ilmli do‘st, yaxshi kiyim va moshinangiz ortida yomon gap eshitasizmi?

O‘zi yaxshi bo‘lsa-da, “atrofi, muhiti yaxshimas-da” deb ko‘p rad qilishganiga guvoh bo‘lganman.

Qaysi shaharda yashashingiz, nima sohani egasi bo‘lishingiz, kim bilan turmush qurishingiz, kimlarni do‘st tutishingiz, barchasi muhim qarorlar.

Muhim qarorlarni uzoq tanlashga arziydi, chunki butun umringizdagi trayektoriyangizni hal qiladi.


09.06.2026
Uyda | Tashkent, Uzbekistan
More from @otabek_nurmukhammad
  1. Sep 27, 2026Manzilni yaxshi ko'ramiz, sayohatni emas. Tezlikni yaxshi ko'ramiz, kutishni emas. Natijan…
  2. Sep 23, 2026Tanqislikdagi tana, och qoladi. Ochiq yarali tana esa, qon ketishidan zaiflashadi. Ularnin…
  3. Sep 18, 2026Tezlikni tabiatan yoqtiramiz. Tez boyib ketish, tez erishish, tez ulov boshqarish… Ular or…
  4. Sep 3, 2026Intizomning badali, har bir kun bir xil o'tishida. Intizomsizlikning badali, har bir yil b…
  5. Aug 15, 2026Post #1077
  6. Aug 11, 2026Farzandim gapimga kirmayapti deyishadi. Do‘stlarimga nasihatim o‘tmayapti deyishadi. Ishch…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →