Aeroportga keldim. Chamadonim bor.
Kelgunimcha biroz qiynaldim.
Chamadonsiz yurib ko’rdim, ancha yengil tortdim.
Gap chamadon haqida emas, uni ichidagi yuk haqida.
Inson sifatida hammamizda har xil yuklarimiz bor.
Borayotgan joyimizga qarab yuklashimiz kerak.
Aks xolda ortiqchasi bizni charchatadi.
Ishga borayabsizmi? Ish haqida o’ylang.
Ibodat qilayabsizmi? Ibodatni o’ylang.
Aks holda boshqasi ham chalg’itadi, ham charchatadi.
Yukingiz kam bo’lsa, tezlik oshadi.
15.05.2026
Aeroportda | Frankfurt, Germany
Post #1065
1.75K