TGViewer
Oson Studio | Rasmiy Kanal Oson Studio | Rasmiy Kanal @osonstudio · 932 subscribers
Post #3652 483
Imkoniyat borida foydalanib qolish kerak.

Kecha hokim yoshlar bilan uchrashuv qilishini eshitdim va sherigim bilan noutbukni olib chopdik.

Bizdan oldin 2 kishi hokim bilan suhbatlashdi. Taxminan 4-5 daqiqa vaqt ketdi. Biz 25 daqiqa atrofida suhbatlashdik, ko'pchilik bizni ichida duo ham qilgandir.

Loyiha hokimga yoqdi. Targ'ibot uchun matbuot xizmatini va xalq ta'limi bo'limini biriktirib berdi. Matbuot xizmatiga yoshlar agentligini va tumandagi katta blogerlarni ishga solib targ'ibotga yordam berish buyurildi. Telefon raqamlarimizni olib qolishdi.

Bugun matbuot xizmati bilan uchrashdim. Matbuot xodimi agentlik rahbariga targ'ibotni boshlang dedi. 50 ta mahallaga targ'ibot ketdi. Loyiha yana bir qadamga ko'tarildi.

So'ng, bloger bilan bog'lanib unga ham targ'ibot uchun yordam berishini so'raymiz deyishdi. 5 soatdan keyin telefon nomerimni olib telefon qilishdi.

Blogerni Instagramda 90k, telegramda 30k obunachisi bor ekan. Har qanaqa odamni qo'llab quvvatlashdan oldin, suhbat qilib uni qanday inson ekanligini bilgandan so'ng ish tutarkanlar. Nasib etsa, erta yoki indin bloger bilan uchrashamiz. Natijasini aytaman.

Yangi haftadan boshlab xalq ta'limi bo'limiga boramiz. U yerni ham zabt etamiz nasib etamiz.

Hokim maqsad nima deb so'radi. Maqsad 100 mingdan ortiq insonlarga foyda ulashish dedik.

Qancha odam jalb qilib bersam, yaxshiroq daromad qilishni boshlaysan dedi? Bizga ko'p odamdan ko'ra yaxshiroq investor jalb qilib bersangiz, yanada ko'proq foydali loyihalar qilishda davom etamiz dedik.

Bizda shunaqa gaplar, sizdachi?
  • ❤ 8
  • 🔥 2
  • 👍 1
  • 👏 1
More from @osonstudio
  1. Oct 18, 2026Post #3851
  2. Oct 18, 2026Ai bilan kod yozamiz videokursi 5 kishi uchun chegirmada 400.000 so'm. @eldoroga
  3. Oct 18, 2026Tillar bo'limida yangilanish bo'lganini aytgandim. Takrorlangan mavzular olib tashlanib o'…
  4. Oct 17, 2026Foydalanuvchilar soni 60500 dan oshdi. Yangi yilgacha 100000 qila olamizmi?
  5. Oct 17, 2026Saytda navbatdagi yangilanishlar yuklandi: - https://osonstudio.uz/tezyoz-poyga o'yini qo'…
  6. Oct 17, 2026Darslar eng qizg'in pallaga yetdi. Bunaqa kursni boshqa joydan topa olmaysiz. Vaqt o'taver…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →