Nima uchun iPhone’ni Ucell’dan xarid qilish kerak?
1) Ucell — iPhone uchun eng tezkor mobil tarmoq Ucell 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, iPhone uchun O‘zbekistondagi mobil tarmoqlar orasida eng yaxshi natijani ko‘rsatdi.
Ookla® Speedtest Intelligence® ma’lumotlariga ko‘ra, Ucell 66,86 Speed Score ballini qo‘lga kiritdi — bu mamlakatdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Speed Score — mobil tarmoq ishlashining kompleks bahosidir. U Speedtest® foydalanuvchilarining real testlari asosida hisoblanadi hamda ma’lumotlarni yuklab olish va uzatish tezligini, shuningdek, ulanishdagi kechikishni hisobga oladi. Ball qanchalik yuqori bo‘lsa, tarmoqning umumiy unumdorligi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Tarmog‘idan 13 milliondan ortiq abonent foydalanadigan Ucell uchun gap yagona tezlik rekordi haqida emas, balki foydalanuvchilar o‘lchovlari natijalari haqida borayotgani ayniqsa e’tiborga loyiqdir.
2) Endi Ucell’ning o‘z ofislarida rasmiy kafolatga va ro‘yxatdan o‘tgan IMEI’ga ega bo‘lgan original Apple qurilmalarini xarid qilish mumkin bo‘ladi.
Ucell assortimentida iPhone va boshqa Apple mahsulotlari taqdim etiladi. Xaridorlar o‘zlariga mos modelni tanlashi, mutaxassislardan maslahat olishi va xaridning qulay shartlaridan, jumladan, muddatli to‘lov imkoniyatidan foydalanishi mumkin.
Ucell yangi iPhone 18 turkumini sotuvga chiqarishga alohida e’tibor qaratmoqda. Ucell’ning o‘z ofislarida iPhone 18 xarid qilgan har bir abonentga 12 oy davomida 5G tarmog‘ida cheksiz internet-trafik taqdim etiladi.
Post #130568
42.9K

- 👍 8
- 👎 7
- 🔥 2
- 🤣 2
- 😱 1