TGViewer
Fan olimpiadalari markazi | Rasmiy kanal Fan olimpiadalari markazi | Rasmiy kanal @olympcenteruz · 117K subscribers
Post #10825 2.7K
Xalqaro standartlar olimpiadasiga saralash jarayoniga start berilmoqda!

⚡️Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 13–18 yoshdagi o‘quvchilari o‘rtasida Xalqaro standartlar olimpiadasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzodlarni saralash bosqichlari boshlanmoqda.

👥 Saralash olimpiadasi 2 ta yosh toifasida o‘tkaziladi:
➡️ 1-toifa (Kichik yosh toifasi): 13–15 yosh,
➡️ 2-toifa (Katta yosh toifasi): 16–18 yosh.

📌 Ishtirokchilar uchun muhim talablar:
✔️Ingliz tilini o‘qib tushunish, mustaqil yozish va erkin so‘zlashish;
✔️Matematika, fizika hamda muhandislik fanlari bo‘yicha mustahkam bilimga ega bo‘lish.

🏆 Saralash bosqichlari tartibi:
🔵 1-bosqich: Standart ishlab chiqish (Yozma topshiriq)
🔵 2-bosqich: Standart va tayyorlangan taqdimot himoyasi (Standart Plus Presentation)

✅ Ushbu saralash jarayonlari orqali Xalqaro standartlar olimpiadasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan eng munosib vakillar saralab olinadi.

📲Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting!

⬇️Saralashda qatnashish uchun 24-oktabr soat 23:59 ga qadar EduX platformasi orqali anketani to‘ldiring:
🔗 edux.center

🔶Bilimingizni sinab ko‘ring — balki aynan siz xalqaro maydonda mamlakatimiz nomini munosib himoya qiladigan yosh standart mualliflaridan biri bo‘larsiz!

BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!

⚡️ 🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzatib boring:
✅Veb-sayt ✅ Telegram
✅ Instagram ✅ Facebook
🔹 YouTube 🔹 Linkedin
More from @olympcenteruz
  1. Oct 14, 2026#FIPhO_2026 ⭐️ FIPhO 2026: Olimpiadaning Nazariy bosqichi hamda Reunion party oʻtkazildi!…
  2. Oct 14, 2026⏳ASOSIY OLIMPIADAGA 12 SOAT QOLDI! ⏰Mamlakatimizning eng iqtidorli yoshlari intiqlik bilan…
  3. Oct 14, 2026Post #10822
  4. Oct 14, 2026📣📣📣📣📣 KOREYS TILI RESPUBLIKA OLIMPIADASIGA RO‘YXATDAN O‘TISH SANASI UZAYTIRILDI ❗️Res…
  5. Oct 14, 2026#Asosiy_olimpiada #Tuman_bosqichi ASOSIY OLIMPIADA JARAYONIDA HARAKATLANISH HAQIDA HUJJATL…
  6. Oct 14, 2026#FIPhO_2026 ⭐️ FIPhO 2026: Olimpiadaning Nazariy bosqichi haqida! 🎥Jarayonni real vaqt re…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →