🇺🇿FIPhO 2026 | Ishtirokchilar Imom al-Buxoriy maqbarasida
⭐️ Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasi ishtirokchilari Samarqandning muqaddas qadamjolaridan biri — Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar.
📌 Mehmonlar hadis ilmining buyuk namoyandasi, islom olamida yuksak e’tirof etilgan alloma Imom al-Buxoriyning hayoti va boy ilmiy-ma’naviy merosi bilan tanishdilar.
✅ Allomaning islom ta’limoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, xususan, hadis ilmidagi bebaho xizmatlari haqida ma’lumot oldilar.
📍Kunning ikkinchi yarmida esa xalqaro olimpiada ishtirokchilarining Konigil qishlog‘iga sayohati rejalashtirilgan.
➡️ U yerda ular Samarqand qog‘ozining ko‘p asrlik tarixi va uni tayyorlash an’analari bilan tanishadilar.
Bizni kuzatib boring:
✅Veb-sayt ✅ Telegram
✅ Instagram ✅ Facebook
🔹 YouTube 🔹 Linkedin






