TGViewer
Fan olimpiadalari markazi | Rasmiy kanal Fan olimpiadalari markazi | Rasmiy kanal @olympcenteruz · 116K subscribers
Post #10769 10.9K

Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish, kadrlarning kasbiy kompetentligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik markaziy apparati xodimlari bilan muloqot qildi.

Uchrashuvda maktabgacha va maktab ta’limi sifatini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Mavjud strategiya va dasturlar ijrosi ko‘rib chiqilib, har bir yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Erkinjon Turdimov sohadagi muammolarni chuqur o‘rganish, ularga amaliy yechim topish va natijasini ta’lim muassasalari faoliyatida namoyon etish zarurligini ta’kidladi.

Muloqot yakunida mas’ullarga ta’lim sifatini yaxshilash va kadrlarning kasbiy kompetentligini oshirishga qaratilgan aniq taklif hamda tashabbuslarni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
More from @olympcenteruz
  1. Oct 14, 2026Post #10822
  2. Oct 14, 2026📣📣📣📣📣 KOREYS TILI RESPUBLIKA OLIMPIADASIGA RO‘YXATDAN O‘TISH SANASI UZAYTIRILDI ❗️Res…
  3. Oct 14, 2026#Asosiy_olimpiada #Tuman_bosqichi ASOSIY OLIMPIADA JARAYONIDA HARAKATLANISH HAQIDA HUJJATL…
  4. Oct 14, 2026#FIPhO_2026 ⭐️ FIPhO 2026: Olimpiadaning Nazariy bosqichi haqida! 🎥Jarayonni real vaqt re…
  5. Oct 14, 2026#FIPhO_2026 ⭐️ FIPhO 2026: Olimpiadaning Nazariy bosqichi — FOTOREPORTAJ! ⚡️Al-Fargʻoniy n…
  6. Oct 14, 2026#FIPhO_2026 ⭐️ FIPhO 2026: Olimpiadaning Nazariy bosqichi BOSHLANISH ARAFASIDA! 🕓 Olimpia…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →