OLIMPIADA STRATEGIYALARI №1
Dirixle prinsipi
10 ta quyonni 9 ta qafasga joylashtirsak, qaysidir qafasda kamida 2 ta quyon bo'ladi.
Bu oddiy g'oya "albatta", "eng kamida" degan so'zlar bor masalalarni yechishda asosiy vosita.
Strategiya: eng noqulay holatni tasavvur qiling, so'ng unga bitta qo'shing.
Misol (olimpiada testidan):
Qutida 21 ta oq, 25 ta qizil va 32 ta ko'k shar bor. Qutiga qaramasdan eng kamida nechta shar olinsa, ular orasida albatta uchala rangdagi shar bo'ladi?
Yechim
Eng noqulay holatda avval eng ko'p sonli ikki rangning hamma sharini olamiz:
32 + 25 = 57 ta shar, lekin hali birorta ham oq shar yo'q.
Qutida faqat oq sharlar qoldi, demak 58-shar albatta oq bo'ladi.
Javob: 58
Ko'p uchraydigan xato: eng kam sonli ranglarni olish (21 + 25 + 1 = 47). Eng noqulay holat esa doim eng ko'p sonli ranglardan boshlanadi.
Mustaqil ish uchun
Qutida 6 xil turdagi toshlarning har biridan 2025 tadan bor. Uchta bir xil tosh olish uchun eng kamida nechta tosh olish kerak?
Javob: 13. Har turdan 2 tadan, jami 12 ta olinadi. 13-tosh qaysi turdan bo'lmasin, o'sha turning uchinchisi bo'ladi.
@olimpiada_mathuz
Javobingizni izohlarda yozing 👇
#olimpiada_strategiyalari #kombinatorika
Post #29
1.57K
- ❤ 8
- 👍 5
- 🔥 5
- 🥰 1
- 👏 1
- 👌 1
- 🏆 1